Sana: (1 soat)
Download 2.51 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu: A.Navoiy qit`alari Darsning maqsadi: a) ta`limiyAlisher Navoiy qit`alarini o`qish va tahlil qilish; b) tarbiyaviy o`quvchilar qalbida poklik,insoniylik,shukronalik tuyg`ularini tarbiyalash; d) rivojlantiruvchio’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish. Dars turi:mustahkamlash; Dars uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil; Dars jihozi :darslik,Navoiy qit’alari,tarqatmalar. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Aqlih hujum: 1. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab bering. 2. Alisher Navoiyning “Qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan? 3. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat? G`azalning maqta`sini ayting 4. Begona bayt deganda nimani tushunasiz? 5. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim? 6. Alisher Navoiy ijodidan g`azaldan tashqari yana qanday janrlar o`rin olgan? II.Shoir ijodi asosida yod olingan she’r lardan she’r iy daqiqalar o’tkazish. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Shoirlar ijojidagi qi’t’alar asosida savoljavob. II.Alisher Navoiy qi’t’alaridan ifodali o’qib,g’oyaviybadiiy tahlil qilish. Chun g`ar az so`zdin er ur ma`ni anga, Noqil o`lsa xoh xotun , xoh er. So`zchi holing boqma , boq so`z holini, Ko`r ma kim der ani , ko`r gilkim ne der. Bu qit’ada Alisher Navoiy insonning tashqi qiyofasiga emas,balki aytayotgan so’ziga boq,deb ta’kidlaydi.Bu uning kimligini senga ko’rsatib beradi.Maqsadli aytilgan so’z ma’noli bo’ladi…Bunda shoir insonning odobi uning so;zidan bilinadi,deb uqtiradi… II. Kamol et kasbkim, olam uyidin Sanga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq Jahondin notamom o`tmak biaynih , Er ur hammomdin nopok chiqmoq Bu qit’ada esa shoir inson o’zini kamolga yetkazishni kasb qilib olishi kerakligini uqtirib,senga olam uyidan g’amgin bo’lib chiqish farz hisoblanmayda,bu dunyodan notamom,kamolga yetmasdan o’tmoq xuddi hammomga kirib,chala yuvinib,nopok holda chiqqanday gap,deydi Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Ulki iflosdin ayog’inda, Kafsh yo’li azmi chog’I yo’qtur oning. Shukr qildik boqib birav sori, Ki yur urg’a ayog’i yo’qtur oning. Bu qit’aning asosiy g’oyasishukronalik.Shir bu misralarda;oyoqqa kiyishga kavushi yo’q kishi kavush kiyish uchun oyog’i borligiga shukur qilsin,chunki yurishga oyog’I bor,ana boshqabirovgaboqsin,yuraydesa,oyog’i yo’q uning… II,Savoltopshiriqlar ustida ishlash. III,Test sinovi: 1.”Kamol et kasbkim..”qit’asi “Xazoyin ulmaoniy”ning qaysi devonidan olingan? A.”G’aroyib ussig’ar” B.”Badoyi’ ulvasat” C.”Favoyid ulkibar” D.”Navodir ushshabob” 2.”Kamol et kasbkim..”qit’asi g’oyasi. A.Kasb tanlash B.Ezgulik C.Poklik,komillik D.To’g’rilik 3.Shoirning shukronalik haqidagi qit’asi: A.”Kamol et kasbkim…” B.”Ulki,iflosdin ayog’inda…” C.”Chun manga lutf etti…” D.”Yuqori o’lturni kim tilasa…” 4.Yaxshilig gar qilmasa,bori yamonlig’ qilmasa, Kim yamonlig’ qilmasa,qilg’ancha bordur yaxshilig’..Qanday san’at qo’llanilgan? A.Talmeh B.Tanosub C.Irsoli masal D.Tazod 5.”Bosh omon bo’lsa,do’ppi topiladi”qaysi qit’aga mos xalq maqoli’ A.”Ulki iflosdin ayoginda..’ B.”Kamol et kasbkim…” C.”Har kishikim topsa…’ D.”Chun manga lutfv etti…” Javoblar:1.A 2. C 3. B 4.D 5.A Uygavazifa : Qit`a yodlash va mustaqil o’qish uchun berilgan qit’alar tahlili. O’quvchilar bilimini baholash. Download 2.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling