Sana: (1 soat)
Download 2.51 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu: Nodira g’azallari tahlili Darsning maqsadi: a)ta`limiy: Nodira g`azallari badiiyati haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviy: o`quvchilarni qalbida sadoqat ruhini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish. Dars tui:noan’anaviy; Dars uslubi:ifodali o’qish,g’azallar tahlili,bahs; Dars jihozi :Nodira siymosi,g’azallari,tarqatmalr. Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Nodira hayoti va ijodi yuzasidan savoljavob; 2.”Doda keldim”matla’li g’azalini yod aytish va g’azalni g’oyaviybadiiy tahlil qilish. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Savol va topshiriqlar ustida ishlash. 1.Nodira qachon qayerda tug`ilgan? 2.Nodira atrofida qaysi shoiralar ijod qilgan edi? 3.Nodiraning ijodiy merosi haqida gapiring. 4.Nodira qaysi taxalluslar bilan ijod qilgan 5.Nodiraning turkiy evonidan nechta g`azal o`rin olgan? 6.Nodira ijodi va hayotida Amir Umarxonning o`rni qanday bo`lgan? 7. Nodiraning farzandlari haqida gapiring 8.Nodira qaysi tilda yozgan g`azallariga Maknuna taxallusini qo`llagan? II.“Dahrni imtihon qilib ket” g`azalini o`qish va tahlil jadvalini to`ldirish. Kel ,dahrni imtihon qilib ket, Sayri chamani jahon etib ket. Bedardlarning jafolaridin Faryod etib, fig`on etib ket. Dunyo chamanini bulbulisen Gul shoxida oshiyon etib ket Ey ashk,ko`zimni maktabidin Hayrat sabaqin ravon etib ket Olam chamaniki bevafodur Bir oh ila xazon etib ket Ushshoq maqomi bo`stonidir Azmi rahi bo`ston etib ket. Maqsad na edi jahona kelding? Kayfiyatini bayon etib ket Fosh etma ulusqa ishq sirrin Ko`ngulda ani nihon etib ket. Kel ,ishq yo`lida ko`zlaringni Ey Nodira ,durfishon etib ket. Tahlil jadvalini to`ldirish 9 She`riy san`at 8 Vazn 7 Radif 6 Qofiyadosh so`zlar 5 Qofiyalanish tartibi 4 Hajm 3 Maqta` 2 Begona bayt 1 Matla` turi Darsning mustahkamlash bosqichida: I.”Vasl uyin obod qildim”matla’li g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g’oyaviybadiiy tahlil qilish. Vasl uyin obod qildim,buzdi hijron oqibat, Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat… G’azal ishqiy mavzuda yozilgan.Unda hijron iztiroblari tasviri asosiy o’rin tutadi.Lirik qahramon yor vasliga yetolmagani oqibatida chekkan dardu g’amlarini turli badiiy tasvirlar orqali bayon qiladi. II.Darslikdan tashqari shoirlar she’rlaridan ifodali o’qib,tahlil qilish va shoira hayotiga oid chizgilar bilan qiyoslash.”Firoqnoma”musammati asosida: Nazariy ma’lumot:O`zbek mumtoz she`riyatida she`riy shakllarni shakllantirishga xizmat qiladigan “musammat” degan tushuncha ham bor.Bu arabcha so`z lug`aviy jihatdan “ipga terilgan marvarid” degan ma`noni anglatadi.Uning istilohiy ma`nosi ham shundan kelib chiqadi.Ya`ni bu tushuncha she`r baytlarining baytdan tashqari turlarini anglatuvchi ilmiy atama hisoblanadi. Musammatlar yaratilishiga ko`ra 2 xil bo`ladi: 1.Mustaqil(ta`bi xud)musammatlar; 2.Tazmin(biror g`azal asosida –zaminida yaratilgan musammatlar) Musammatlarning turlari quyidagicha bo`ladi: 1.Musallashar bandi 3 misradan iborat 2.Murabba`har bandi 4 misradan iborat 3.Muxammas har bandi 5 misradan iborat 4.Musaddashar bandi 6 misradan iborat 5.Musabba`har bandi 7 misradan iborat 6.Musammanhar bandi 8 misradan iborat 7.Mustasne`har bandi 9 misradan iborat 8.Muashshar yoki mashru`har bandi 10misradan iborat III.Test sinovi: 1.Nodiraning forsiy devoni A.”Devoni Maknuna” C.”Devoni Komila” C.”Firoqnoma” D.”Devoni forsiy” 2.”Firoqnoma”musammatning qaysi janrida yozilgan? A.Musamman B.Musabba’ C.Murabba’ D.Muxammas 3.Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida, Poymoli xayli mo’r o’ldi Sulaymon oqibat. Baytda qanday san’at qo’llanilgan? A.Irsoli masal B.Tazod C.Talmeh D.Tashbih 4.Vasl uyin obod qildim,buzdi hijron oqibat, Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat. Baytda qanday san’at qo’llanilgan? A.Tanosub B.Talmeh C.Tazod D.Tashbih 5.Musamman… A.Har bayti 5 misradan iborat she’riy janr B.Har bayti 10 misradan iborat she’riy janr C.G’azalning bir korinishi D.Har bandi 8 misradan iborat she’riy janr Javoblar:1.A 2.A 3.C 4.C 5.B Uyga vazifa:Mustaqil o’qish uchun berilgan g’azallar ustida ishlash va g’azallardan birini yod olish. O’quvchilar bilimini baholash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling