Sana: (1 soat)
Download 2.51 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu: G`azalxonlik musobaqasi Dar sningmaqsadi: a)ta`limiy takrorlash orqali o`quvchilar bilimini mustahkamalsh; b)tarbiyaviyo`quvchilar qalbida ezgu insoniy tuyg’ularni tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning she’r aytish malakasi,dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish. Dar sturi:mustahkamlash; Dar suslubi:mushoira,savoljavob.musobaqa; Dar sjihozi : Alisher Navoiy asarlari. Dar sningborishi: Tashkiliy ishlar: Dar sning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: Savollar . 1. Alisher Navoiyning “qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan? 2. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat? G`azalning maqta`sini ayting 3. Begona bayt deganda nimani tushunasiz? 4. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim? 5. A.Navoiy nechta devon tuzgan? 6. “Xazoyin ulmaoniy” devoni yana qanday nomlanadi? Uning tarkibiga nechta devon kirgan? 8. G`azal deganda nimani tushunasiz? 9. Qit`a deb nimaga aytiladi? 10.Qit`a qanday qofiyalanadi? 11.Alisher Navoiy nechta qit`a yozgan? 12. “Xazoyin ulmaoniy” devoniga nechta g`azal kiritilgan? 13. Qit`a qaysi tldan olingan qanday ma`nolarni bildiradi? 14.Alisher Navoiyning devonlarini sanang. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I. Mushoira Alisher Navoiy g`azallari yuzasidan qatorlararo musobaqa. II.Bahru bayt Qatorlararo bahru bayt musobaqasi o`tkaziladi .Unda o`quvchilar g`azal bayti tugagan harf bn boshqa bir g`azalni aytadilar. Masalan ; Yordin ayru ko`ngil mulkedurur sultoni yo`q Mulkkim sultoni yo`q , jismedururkim joni yo` q. Q oshi yosinmu deyin, ko`zi qarosinmu deyin, Ko`ngluma har birining dardu balosinmu deyin?! Dar sning ustahkamlash bosqichida: I. Alisher navoiyning darslikdan tashqari g’azallari va qit’alarida ifodali o’qib,ularni g’oyaviy,badiiy va nazariy bilimlar asosida tahlil qilish. II.Test sinovi: 1.Mantiqan ketmaketlikka ega bo’lgan g’azalar qanday g’azallar sanaladi? A.Yakpora B.Parokanda C.Musalsal D.Voqeaband 2.G’azaning ilk bayti qanday ataldi? A.Maqta’ B.Begona bayt C.Matla’ D.Bayt 3.”Qit’a” so’zining ma’nosi A.Parcha,bo’lak ,qism B.Bagishlov,madh C.To’rtlik C.Oshiqona so’z,ayollarga xushomad 4.Tuttum o’lmakdin tirilmak hajrida, tengdir manga Emdi gar bergil ziloli Xizr ,agar jallod bo’l.Qanday badiiy san’at q’llanilgan? A.Tashbih B.Irsoli masal C.Talmeh D.Tazod 5.”G’azal”so’zining ma’nosi A.Ayolga xushomad,oshiqona so’z B.Parcha.bo’lak C.Madh etish,tarannum D.Quyosh nurlarining tarqalishi Javoblar:1. A 2. C 3.A 4. C 5.A Uygavazifa:Darslikdan tashqari g’azal va qit’alar yod olish. O’quvchilar bilimini baholash. Sana: Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu: Nodira hayoti va ijodi . “Doda keldim” matla`li g`azali Darsning maqsadi: a)ta`limiy: Nodira hayoti vaijodi haqida ma’lumot berish,”Doda keldim”g’azalini g’oyaviybadiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida mehrmuhabba,vafosadoqat,insoniylik tuyg’ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish; Dars turi:yangi bilim berish; Dars uslubi: suhbat,matn ustida ishlash,g’azal tahlili; Dars jihozi : darslik,Nodira siymosi,tarqatmalar. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Alisher Navoiy lirikasi yuzasidan tarqatmalar asosida savoljavob; 2.Nazm gulshani:Navoiy ijodi asosida. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.O`zbek shoiralaridan kimlarni bilasiz? Jahon otin Uvaysiyga homiylik , ustozlik qilgan Qo`qon malikasi kim? Nodira –XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o`zbek shoirasi. Uning asl ismi Mohlaroyim bo`lib, Nodira adabiy taxallusi hisoblanadi. Bundan tashqari Komila taxallusi bilan ham o`zbekcha she`rlar bitgani ma`lum.Forsiy asarlarini Maknuna taxallusi bilan ham yozgan.Nodira 1792yilda Andijon hokimi Rahmonqul otaliq xonadonida tavallud topgan. Nodiraning otaonasi buyuk Sohibqiron Amir Temur xonadoniga mansub edi. Buni uning ushbu baytlaridan ham bilib olish mumkin: Siyosat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen, Xudoyo ,rahmat ayla barcha ajdodi izomimni. Nodira 1808 –yilda Qo`qon xoni Norbo`tabiyning o`g`li Umarxon bn oila quradi,1810 –yilgacha Marg`ilonda , undan keyin umrining oxirigacha Qo`qonda yashaydi.Nodiraning Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxon ismli o`g`illarni tarbiyalagan.Nodira devon tuzgan .Uning turkiy devonidan 189 ta g`azal o`rin olgan.Nodira 1842yilda Amir Nasrullo tomonidan o`g`illari Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxon ,nabirasi Muhammad Aminxon va mahramlari Xushholbibi ,Norbibi, Oyshabibilar bilan birga qatl etilgan. Asarlari : “Vasl uyin obod qildim..”, “Marhabo”, “Muhabbatsiz kishi odam emasdur”, “Kel dahrni imtihon etib ket”, “Yorning ko`ngli emas ozorsiz”, “Nodira ahvolidan ogoh bo`ling”, “Ehtiyoj”, “Ko`zlarim mushtoqdir diydor uchun” “Firoqnoma” kabi asarlari Nodira qalamiga mansub. II.Nodira hayoti va ijodiga oid darslikdagi ma’lumotlarni o’qib,o’zlashtirish. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Nodiraning “Doda keldim” matla`li g`azalini o`qish va tahlil qilish. Matla` Doda keldim ,ey salotin sarvari,dodil eshit. Sen shahu men benavo dodu faryodim eshit Begona bayt Kelki , bir soat seni ko`rmoq uchun mushtoqmen, Telba bo`ldim sendan ayru , ey parizodim , eshit. Maqta` Nodira bodi sabodin senga irsol etgali Qildi insho bu g`azalni tab`I noshodim eshit. Vazn : aruz Hajm : 7 bayt 14 misra Qofiyadosh so`zlar: dodim, faryodim,ozodim,shamshodim,obodim,yodim, parizodim, noshodim. Qofiyalanish tartibi: aa,ba, da,ea,fa,ga, ha. Radif : eshit Gazal an’anaviy ,ya’ni ishqiy mavzuda yozilgan,Nodiraning yoriga bo’lgan sog’inchi,iztirobi,ichki kechinmalari asosida yaratilgan. II.Test sinovi: 1.Shoiraning forsiy taxallusi A.Nodirabegim C.Komila C.Maknuna D.Mohlaroyim 2.Amir Umarxon qachon taxtga chiqadi? A.1810 y B.1792 y C.1807 y D.1820 y 3.Amir Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan? A.Umarxon B.Amir C.Amiriy D.Olimxon 4. Nodiraning turkiy devonida nechta g’azal o’rin olgan? A.198 ta B.189ta C.190 ta D.289 ta 5.Doda keldim ,ey salotin,sarvari dodim eshit, Sen shahu,men benavo,lutf ayla faryodim eshit.Matla’da qanday san’at qo’llanilgan? A.Talmeh B.Tashbih C.Tazod D.Irsoli masal Javoblar:1. C 2.A 3.C 4.B 5.C Uyga vazifa:”Doda keldim ”matla’li g’azali tahlili O’quvchilar bilimini baholash. Download 2.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling