Sana: 10/11/2023 Sinf : 8-sinf Mavzu
Download 49.5 Kb.
|
Mexmonaliyev Maxsudjonning oraliq nazorat uchun dars ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars uslubi
- O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
- Yangi mavzu bayoni
- : Yaxshidan
- “Qiziqarli to`ldiruvchilar
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- O`quvchilarni baholash
Fargʻona Davlat Universiteti Filologiya Oʻzbek tili yoʻnalishi 3-kurs talabasi Mexmonaliyev Maxsudjonning 8-sinf uchun ona tili fanidan “ mavzusida tayyorlagan dars ishlanmasi Sana: 10/11/2023 Sinf : 8-sinf Mavzu: To`ldiruvchi Darsning maqsadi: Ilmiy maqsad:o`quvchilarda ona tili faniga doir lingvistik kompetensiya elementlarini shakllantirish; tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni vatanparvarlik ,insonparvarlik ruhida tarbiyalash,ularda milliy va umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish; rivojlantiruvchi maqsad: o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi elementlarini shakllantirish,savodxonlikni oshirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi,mustahkamlovchi. Dars uslubi: “Yaxshi tilaklar”,”Aqlimizni charxlaymiz”,Taqqoslarda bo`lar namoyon”,”Qiziqarli to`ldiruvchilar”,”Kim tez va chaqqon?”,”Ilm ummoni”. Darsning jihozi: darslik, qo`llanma , slaydlar,rangli tarqatmalar,rasmlar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: o`quvchilar bilan salomlashiladi,o`quvchilar davomati aniqlanadi hamda o`quvchilar bilan “Yaxshi tilaklar “ usuli o`tkaziladi.Bunda o`quvchilar bir-birlariga samimiy tilaklar bildiradilar.O`quvchilarga yozuv taxtasiga ilingan “Ilm ummoni”tasviri tushirilgan plakatni ko`rsatilib, undagi asar qahramonlari Hoshimjon,Bilmasvoy,Ustabuzarmonlar bilimsizligi tufayli qiynalib “Ilm ummoni”ga ilob boruvchi kemaga chiqishlariga yordam berishlarini so`raladi. O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.O`quvchilarga “Aqlimizni charxlaymiz” usulida quyidagi savollar beriladi:
O`quvchilardan javob olgunga qadar ikki o`quvchini yozuv taxtasiga chiqariladi. Ular bilan “Taqqoslarda bo`lar namoyon” usuli o`tkaziladi.Bunda o`quvchilar avvalgi o`tilgan mavzularni bir-biriga taqqoslab ,olgan bilimlarini namoyish qiladilar. Ega Hol O`quvchilarning uyda tayyorlab kelgan vazifalari o`qituvchi tomonidan tekshiriladi. Yangi mavzu bayoni: Mavzu slaydlar asosida ekranda ko`rsatiladi. To`ldiruvchi kesimga bog`lanib,kimni?,nimani?,kimda?,nimada?,kimdan?nimadan? kim bilan ? ,nima bilan? So`roqlaridan biriga javob bo`luvchi bo`lak hisoblanadi.Masalan: Bu so`zdan Hamid ajablandi To`ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat,belgi-xususiyat bilan bog`langan predmetni bildirgani tufayli ot,olmosh, otlashgan so`zlar bilan ifodalanadi.Masalan: Yaxshidan bog` qoladi.Shuni menga tushuntirib bering. To`ldiruvchi 2 xil bo`ladi: 1.Vositali to`ldiruvchi. 2.Vositasiz to`ldiruvchi.Vositasiz to`ldiruvchi kimni?,nimani? so`rog`iga javob beradi. Masalan: Ilmni o`rgan. Vositali to`ldiruvchi kimda ?,nimada? Kimdan? Nimadan?kim bilan nima bilan? so`roqlariga javob bo`ladi:Buvimda qadimiy ashyolar juda ko`p. O`quvchilar bilan “Qiziqarli to`ldiruvchilar” usuli o`tkaziladi.O`quvchilarga to`ldiruvchi, aniqlovchi,holga doir misollarni aralash holda qog`ozlarga yozib o`quvchilarga tarqatiladi. O`quvchilar berilgan gaplardan to`ldiruvchilarni topadilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash.O`quvchilar bilan”Kim tez va chaqqon “usulida darslikdan mashqlar bajariladi. Bunda oʻquvchilarga darslikda berilgan topshiriqlardan ayrimlari beriladi va ulardan toʻldiruvchi qatnashgan gaplarni ajratib yozib kelish topshiriladi. Eng birinchi olib kelgan 5-6 nafar oʻquvchilar oʻziga xos usulda ragʻbatlantiriladi Bu orqali oʻquvchilarning ichida oʻqishga bilan qiziqish, oʻquvchilarning tezkor fikrlash qobiliyatini shakllantirish maqsad qilib olinadi. O`quvchilarni baholash.Dars davomida faol ishtirok etgan guruhlarga “Eng faol guruh”,”Eng bilimdon guruh”,”Eng tirishqoq guruh”nominatsiyalari beriladi.O`quvchilarga yakka tartibda “Eng bilimdon”,”Eng zukko” va albatta “Eng indamas”o`quvchi ko`krak nishonlari beriladi.Albatta oxirgi nishonni hech kim olmaydi,chunki darsda barcha faol qatnashishga harakat qiladi.O`quvchilarga asar qahramonlari Hoshimjon,Bilmasvoy,Ustabuzarmonlarga darsda erishgan yutuqlari bilan “Ilm ummoni”ga yetib borishlariga yorgam berganliklari uchun minnatdorlik bildiriladi. Uyga vazifa:1.Darslikda berilgan mashqni bajarish. 2.Mavzuga doir testlar bajarish. 3.Badiiy asarlardan to`ldiruvchi qatnashgan gaplarni topib yozib kelish. Download 49.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling