Sana: 10/11/2023 Sinf : 8-sinf Mavzu


Download 49.5 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1773329
Bog'liq
Mexmonaliyev Maxsudjonning oraliq nazorat uchun dars ishlanmasi

Fargʻona Davlat Universiteti


Filologiya Oʻzbek tili yoʻnalishi
3-kurs talabasi
Mexmonaliyev Maxsudjonning
8-sinf uchun ona tili fanidan

mavzusida tayyorlagan
dars ishlanmasi


Sana: 10/11/2023
Sinf : 8-sinf
Mavzu: To`ldiruvchi

Darsning maqsadi:

  1. Ilmiy maqsad:o`quvchilarda ona tili faniga doir lingvistik kompetensiya elementlarini shakllantirish;

  2. tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni vatanparvarlik ,insonparvarlik ruhida tarbiyalash,ularda milliy va umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish;

  3. rivojlantiruvchi maqsad: o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi elementlarini shakllantirish,savodxonlikni oshirish.


Dars turi: yangi bilim beruvchi,mustahkamlovchi.
Dars uslubi: “Yaxshi tilaklar”,”Aqlimizni charxlaymiz”,Taqqoslarda bo`lar namoyon”,”Qiziqarli to`ldiruvchilar”,”Kim tez va chaqqon?”,”Ilm ummoni”.
Darsning jihozi: darslik, qo`llanma , slaydlar,rangli tarqatmalar,rasmlar.

Darsning borishi:


Tashkiliy qism: o`quvchilar bilan salomlashiladi,o`quvchilar davomati aniqlanadi hamda o`quvchilar bilan “Yaxshi tilaklar “ usuli o`tkaziladi.Bunda o`quvchilar bir-birlariga samimiy tilaklar bildiradilar.O`quvchilarga yozuv taxtasiga ilingan “Ilm ummoni”tasviri tushirilgan plakatni ko`rsatilib, undagi asar qahramonlari Hoshimjon,Bilmasvoy,Ustabuzarmonlar bilimsizligi tufayli qiynalib “Ilm ummoni”ga ilob boruvchi kemaga chiqishlariga yordam berishlarini so`raladi.
O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.O`quvchilarga “Aqlimizni charxlaymiz” usulida quyidagi savollar beriladi:


Aqlimizni charxlaymiz
1.Gap bo`laklariga nimalar kiradi?
2.Ega va uning ifodalanishi deganda nimani tushunasiz?
3.Kesim deganda nimani tushunasiz?
4.Hol nima?
5.Holga misol keltiring.
6.Holning qanday turlari bor?


O`quvchilardan javob olgunga qadar ikki o`quvchini yozuv taxtasiga chiqariladi. Ular bilan “Taqqoslarda bo`lar namoyon” usuli o`tkaziladi.Bunda o`quvchilar avvalgi o`tilgan mavzularni bir-biriga taqqoslab ,olgan bilimlarini namoyish qiladilar.



Ega Hol

O`quvchilarning uyda tayyorlab kelgan vazifalari o`qituvchi tomonidan tekshiriladi.



Yangi mavzu bayoni:
Mavzu slaydlar asosida ekranda ko`rsatiladi.
To`ldiruvchi kesimga bog`lanib,kimni?,nimani?,kimda?,nimada?,kimdan?nimadan? kim bilan ? ,nima bilan? So`roqlaridan biriga javob bo`luvchi bo`lak hisoblanadi.Masalan: Bu so`zdan Hamid ajablandi
To`ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat,belgi-xususiyat bilan bog`langan predmetni bildirgani tufayli ot,olmosh, otlashgan so`zlar bilan ifodalanadi.Masalan: Yaxshidan bog` qoladi.Shuni menga tushuntirib bering.

To`ldiruvchi 2 xil bo`ladi: 1.Vositali to`ldiruvchi. 2.Vositasiz to`ldiruvchi.Vositasiz to`ldiruvchi kimni?,nimani? so`rog`iga javob beradi. Masalan: Ilmni o`rgan.


Vositali to`ldiruvchi kimda ?,nimada? Kimdan? Nimadan?kim bilan nima bilan? so`roqlariga javob bo`ladi:Buvimda qadimiy ashyolar juda ko`p.
O`quvchilar bilan “Qiziqarli to`ldiruvchilar” usuli o`tkaziladi.O`quvchilarga to`ldiruvchi, aniqlovchi,holga doir misollarni aralash holda qog`ozlarga yozib o`quvchilarga tarqatiladi.
O`quvchilar berilgan gaplardan to`ldiruvchilarni topadilar.



Qiziqarli to`ldiruvchilar
Chiroyli gullarni ekdim.
Bu gulni onam uchun oldim.
O`ynagani ko`chaga chiqdi.





Qiziqarli to`ldiruvchilar
Ustozning so`zlariga amal qiling.
Kitobni berilib o`qidi.
O`qishda gap ko`p.






Qiziqarli to`ldiruvchilar
Menga lo`ndasini ayting.
Onajonimdan bir umr minnatdorman.
Bog`da qarindoshimni ko`rdim.


Yangi mavzuni mustahkamlash.O`quvchilar bilan”Kim tez va chaqqon “usulida darslikdan mashqlar bajariladi.
Bunda oʻquvchilarga darslikda berilgan topshiriqlardan ayrimlari beriladi va ulardan toʻldiruvchi qatnashgan gaplarni ajratib yozib kelish topshiriladi. Eng birinchi olib kelgan 5-6 nafar oʻquvchilar oʻziga xos usulda ragʻbatlantiriladi
Bu orqali oʻquvchilarning ichida oʻqishga bilan qiziqish, oʻquvchilarning tezkor fikrlash qobiliyatini shakllantirish maqsad qilib olinadi.

O`quvchilarni baholash.Dars davomida faol ishtirok etgan guruhlarga “Eng faol guruh”,”Eng bilimdon guruh”,”Eng tirishqoq guruh”nominatsiyalari beriladi.O`quvchilarga yakka tartibda “Eng bilimdon”,”Eng zukko” va albatta “Eng indamas”o`quvchi ko`krak nishonlari beriladi.Albatta oxirgi nishonni hech kim olmaydi,chunki darsda barcha faol qatnashishga harakat qiladi.O`quvchilarga asar qahramonlari Hoshimjon,Bilmasvoy,Ustabuzarmonlarga darsda erishgan yutuqlari bilan “Ilm ummoni”ga yetib borishlariga yorgam berganliklari uchun minnatdorlik bildiriladi.
Uyga vazifa:1.Darslikda berilgan mashqni bajarish.
2.Mavzuga doir testlar bajarish.
3.Badiiy asarlardan to`ldiruvchi qatnashgan gaplarni topib yozib kelish.
Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling