Darsning maqsadi: Berilgan protsentiga ko’ra sonning o’zini topish haqida tushuncha va ular ustida to’rt amalga doir mashqlar yechishni o’rgatish, mavzuga doir misollar yechib ko’rsatish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
B
Berilgan protsentiga ko’ra sonning o’zini topish uchun, shu sonni berilgan protsent soniga bo’lib, natijani 100 ga ko’paytirish kerak.
erilgan protsentiga ko’ra sonning o’zini topish
476. 7% i 14 ga; 1,4 ga; 0,21 ga; 210 ga; 0,35 ga; 7 ga teng bo’lgan sonlarni toping.
477. O’g’iloy 4500 so’mga mato sotib oldi. Bu undagi pulning 45 % iga teng. O’g’iloyning puli qancha bo’lgan?
479. 6«A»-sinf o’quvchilarining 55% ini qizlar tashkil qiladi. O’g’il bolalar qizlardan 4 ta kam. Shu sinfda nechta o’quvchi o’qiydi?
480. To’g’ri to’rtburchak bo’yining 35% i 14 sm ga teng. Eni esa bo’yining 80% ini tashkl qiladi. Shu to’g’ri to’rtburchakning perimetri va yuzini toping.
481. Velosipedchi 45 km yo’l yurdi. Bu butun yo’lning 36% ini tashkil qiladi. Velosipedchi yana necha kilometr yo’l yurishi kerak?
482. AB kesmaning uzunligi 70 mm, bu CD kesma uzunligining 28% ini tashkil qiladi. Shu kesmalar uzunliklarini yig’indisi necha detsimetrga teng?
483. Jizzax shahridan Paxtakor tumani markazigacha bo’lgan avtomobil yo’li uzunligi 27 km, bu Jizzax va Toshkent shaharlari orasidagi masofaning 15% ini tashkil qiladi. Shu shaharlar orasidagi masofani toping.
484. Maktab bo’yicha o’tkazilgan shaxmat musobaqasida oltinchi sinflardagi o’quvchilardan 9 tasi qatnashdi. Bu oltinchi sinf o’quvchilarining 15% ini tashkil qiladi. Oltinchi sinfda nechta o’quvchi o’qiydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |