3. Yangi mavzuni yoritish:
Perpendikular to’gri chiziqlar.
Parallel to’g’ri chiziqlar
1. Perpendikular to’gri chiziqlar.
37-rasmdagi a va b to’g’ri chiziqlar kesishmashidan to’g’ri burchaklar hosil bo’lgan. Bu holda a va b to’g’ri chiziqlar perpendikular to’g’ri chiziqlar deyiladi.
Perpendikular to’g’ri chiziqlarda yorgan kesmalar perpendikular kesmalar deyiladi.
2. Parallel to’g’ri chiziqlar. Bir tekislikda yotuvchi kesishmaydigan ikki to’g’ri chiziq parallel to’g’ri chiziqlar deyiladi (38-rasm).
Parallel to’g’ri chiziqlarda yotgan kesmalar parallel kesmalar deyiladi.
691. Sinfingizda, uyingizda perpendikular yoki parallel tomonlari bo’lgan jismlar bormi? Ularni ko’rsating va ayting.
692. Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak chizing. Ularning uchlarini harflar bilan belgilang. Ulardagi: 1) o’zaro perpendikular tomonlarni; 2) o’zaro parallel tomonlarni yozing.
694. Biror l to’g’ri chiziq chizing. Unda A va B nuqtalarni belgilang. Transportir yoki chizmachilik uchburchagi yordamida A va B nuqtalardan l to’g’ri chiziqqa perpendikular to’g’ri chiziqlar o’tkazing. Bu to’g’ri chiziqlar haqida nima deyish mumkin?
6 95. a va b to’g’ri chiziqlar o’zaro perpendikular (40-rasm). Ular O nuqtada kesishadi. CO a. AC, OC, BC, DC, kesmalarni o’lchang. Ulardan qaysi biri eng qisqa? Qaysi biri eng uzun? Qanday xulosa aytish (chiqarish) mumkin?
696. Radiusi 3 sm bo’lgan aylana chizing. Uning o’zaro perpendikular bo’lgan ikkita diametrini o’tkazing. Aylana nechta qismga bo’linadi?
698. Teng tomonli (muntazam) uchburchak chizing. Uning uchlaridan tomonlariga perpendikular kesmalar o’tkazing va bu kesmalarning uzunliklarini o’lchang. Xulosa chiqaring.
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
Do'stlaringiz bilan baham: |