4. Natija olish va tahlil etish.
Yuqoridagi kabi va boshqa masalalarni ham kompyuter yordamida hal etish mumkin va u yuqoridagi 4 ta bosqichga qo’shimcha amallarni kompyuter tushunadigan tilga o’girish va kompyuter xotirasiga kiritish kabi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Birinchi bosqich: Masalaning qo‘yilishi. Masalaga mos boshlang‘ich kattaliklari va natijaviy kattaliklar aniqlanadi
Ikkinchi bosqich: Masalaning modelini tuzish. Masala ko‘rilayotgan sohaning ilmiy yutuqlaridan kelib chiqib matematil munosabatlar orqali ifodalanadi.
Uchinchi bosqich: Algoritm tuzish. Masalaning modelidan foydalanib hal etishning ko‘rsatmalar ketma-ketligini tuzish.
To‘rtinchi bosqich: Dastur tuzish. Algoritmdagi ko‘rsatmalar ketma-ketligini kompyuter bajara oladigan tilga o‘tkazish.
Beshinchi bosqich: Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish. Bunda tuzilgan dasturni kompyuter xotirasiga kiritiladi.
Oltinchi bosqich: Natija olish va tahlil etish. Dastur ishlatiladi va natijasi tahlil etiladi, xato va kamchiliklar bartaraf etiladi.
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlaridan ba’zilari ma’lum bir bilim va malaka talab etgani uchun maxsus mavzular orqali yoritib boriladi.
IV. Mustahkamlash.
Savollar:
Kompyuterda masala yechish nechta bosqichdan iborat?
Nima uchun olingan natija tahlil etiladi?
Kalkulyatorda hisob-kitob ishlari bajarilganda qanday xatoliklar yuzaga keladi?
23+46·3-24:3 arifmetik ifodani hisoblash uchun amallarni bajarish ketma-ketligini aniqlang.
Masala shartiga mos tenglama tuzishga misol keltiring.
Mashqlar:
1. Turg‘un suvdagi tezligi 15 km/soat bo‘lgan qayiqning daryo oqimi bo‘ylab 2 soatdagi bosib o‘tgan masofasi oqimga qarshi 3 soatda bosib o‘tgan masofasiga teng bo‘lsa, daryo oqimining tezligini toping (yo’llanma: tezlik=yo’l / vaqt).
Berilgan:
V1=15 km/soat
T1=2 soat
T2=3 soat
S1=S2
Topish k-k
Vo=?
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |