Sangilova setora 5141600-boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish kunduzgi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun boshlang’ich sinf ona tili


Download 0.66 Mb.
bet24/26
Sana22.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1648711
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Guliston davlat universiteti (1)

Topshiriqlar


  1. Samolyot, tayyorgarlik, yasadi kabi so’zlarini bo’g’in ko’chirish qoidasiga ko’ra bo’laklarga bo’lib chiziqcha bilan yozish.

  2. Talaffuzi va yozilishida farq qiladigan undoshli ikkita so’zning tagiga chizing.

Mavzu: Sifat yasovchi qo’shimchalar Dars turi: Yangi mavzuni bayoni

Asosiy masala:


1. Bir xil o’zakli so’zlardan ma’nodosh so’zlar yasovchi qo’shimchalar talaffuzi va yozilishi.

O’qituvchi maqsadi:


Ta’limiy: o’quvchilarga sifat yasovchi qo’shimchalar haqida tushuncha berish, ma’nodash so’zlardan qarama-qarshi ma’noli sifatlarni farqlashni o’rgatish;
Tarbiyaviy: ma’suliyat, o’ziga talabchanlik tuyg’usini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Mustaqil fikrlash malakasini shakllantirish.

Identiv o’quv maqsadi


    1. Sifat so’z turkumiga ta’rif beradilar.

    2. Sifat so’z turkumiga misol keltiradilar .

    3. Sifat yasovchi qo’shimchalarni ko’rsatadilar.

    4. So’zlarning tarkibiy qismlarini belgilaydilar.

    5. Ma’nodosh so’zlarga yasovchi qo’shimchalarni tanlab yozadilar.

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmali qurollar.

Dars uslubi: suhbat, hikoya.
O’tilgan mavzuni so’rash.


Darsning borishi.


  1. Tashkiliy qism.
  2. Asosiy qism.


O’qituvchi o’tilgan mavzuni so’rash uchun savol va topshiriqlardan foydalanadi.

  1. So’zlar nimalar asosida turkumlarga ajratiladi?

  2. So’z turkumlari nimalarga ko’ra farqlanadi?

  3. Egalik qo’shimchalari gapda qanday vazifani bajaradi?

  4. Otlarda nechta kelishik bor?

  5. Sifat so’z turkumi deb nimaga aytiladi?

  6. Sifat so’z turkumi gapda qanday bo’lak vazifada keladi?

  7. Sifatning tagiga qanday chiziq chiziladi?

O’quvchilar kartochkalardagi savollarga javob bergach, o’qituvchi savollarga javob bergan o’quvchilarni baholaydi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling