Sangilova setora 5141600-boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish kunduzgi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun boshlang’ich sinf ona tili


Download 0.66 Mb.
bet25/26
Sana22.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1648711
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Guliston davlat universiteti (1)

Yangi mavzuni bayoni.


O’qituvchi xattaxtaga yangi mavzuni yozadi: Sifat yasovchi qo’shimchalar.
-ser, -be, -chan, -siz, -li, -dor, -q- sifat yasovchi qo’shimchalardir.
Biz sizlar bilan 3-sinfda o’zak va qo’shimchalar mavzularini o’tgan etdik.
Bugungi darsimiz ham o’zak va qo’shimchalar xaqida bo’ladi. Mevali - mevasiz qarama-qarshi so’z
Ishsiz-belgi ma’nodosh so’z. Hosildor- serhosil -ma’nodosh so’z.
Bu qo’shimchalar ma’nodosh so’z va qarama –qarshi so’zlarni yasaydi.
Mashqlar bajarish 304-mashq.
Ishchan, hosildor, aqilsiz, serharakat.
Ushbu so’zlarga mos ma’nodosh so’zlarni toping.

305- mashq. Berilgan sifatlarga qarama-qarshi ma’noli va ma’nodosh sifatlarni toping yozing.
Gulli-gulsiz qarama-qarshi Odobli-odobsiz qarama-qarshi Gulli-guldor ma’nodosh Dobsiz-beodob ma’nodosh, Unumli-unumsiz qarama-qarshi Suvli-suvsiz qarama-qarshi, Serunum-unumdor ma’nodosh, Sersuv-suvli ma’nodosh, Ishli-ishsiz qarama-qarshi
Beish-ishsiz ma’nodosh
O’qituvchi: ma’nodash sifatlarni yasovchi sifat yasovchi qo’shimchalar qatnashgan gap tuzing.
O’quvchilar birma-bir gap tuzadilar.

  1. Hosildor erlarda ekin yaxshi unadi.

  2. Bu yilgi olmamiz serhosil bo’ldi.

  3. Olim-harakatchan bola.

  4. Go’zal serharakat bo’lgani uchun hamma uni «mehnatkash qiz» deb ataydi. Yakuniy qism.

306-mashq. Berilgan so’zlarga sifat yasovchi qo’shimchalarni qo’shib, yangi so’zlar hosil qiling va yozing.
Ko’ylak, hosil, aql, talab, rasm.
Nazorat topshirig’i:

  1. Sifat so’z turkumi qanday so’roqlarga javob bo’ladi.

    1. kim? nima?

    2. nenchta? qancha?

v) qanday? qanaqa?

  1. Sifatlarning tagiga qanay chiziq chiziladi. a)

b)


v)



  1. Qizil - bu sifatning qaysi ma’no turini bildiradi?

    1. maza-ta’m

    2. shakl

v) rang-tus

  1. Sifat yasovchi qo’shimchalarni ko’rsating

    1. -li, -chi, -kor.

    2. -zor, -siz, -dor.

v) -ser, -be, -chan.

  1. Ma’nodash so’zlarni belgilang.

    1. aqlli-aqlsiz

    2. serharakat-harakatchan

v) ishli-ishsiz
6 Qaysi qo’shimchalar ma’nodosh sifatlarni yasaydi.

  1. -ser, -chan.

  2. -li, -be.

s) -be, -siz.

XULOSA VA METODIK TAVSIYALAR


Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida lug’at ustida ish olib borish o’quvchilarning so’z boyligini oshirishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Biz tadqiqot ishimizni Guliton shahridagi 5-umumta’lim maktabining
sinfida olib bordik. Bolalarning lug’at boyligini oshirish asosan maxsus tizimdagi mashg’ulotlar jarayonida amalga oshirildi. Yil davomida biz o’quvchilarga 300-350 ta so’z o’rgatishga muvaffaq bo’ldik. O’quvchilarga faqatgina so’zni o’rganibgina qolmay, balki so’zning ma’nolarini ham o’rganib olishga imkoniyat yaratdik. Masalan: olma-ot, olma-fe’l, olma-daraxt mevaning bir turi, olma-harakat nomi ekanligini bilib oldilar. O’quvchilarga lug’at daftarchasi tuzdirdik.
Darslarda lug’at minuti o’tkaziladi. Imlo lug’atlari bilan ishlandi. Izlanishga ham alohida e’tibor berdik. Masalan: «O» tovushi yoki «A» tovushi bo’yicha so’zlar topib keling kabi. Ko’rgazmalilik, jadval, sxema, taraqatma materiallardan ham foydalandik. Tadiqiqot davomida bolalarni shu so’zlarni o’zlarida qanday qabul qilinishini kuzatdik. Turli xil mashg’ulotlardan foydalandik.
Lug’at ustida ishlash jarayonida quyidagilarga e’tibor berdik.

  • har bir ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatidan o’zaro bog’liq bo’lgan bir guruh so’zlardan kerakli so’zni tanlashga o’rgatdik;

  • yangi so’zlarni eshitib, tushunib faol qo’llashni muayyan izchillikda o’z fikrini bildirish maqsadida ushbu so’zlarni turli vazifada qo’llash imkonini yaratdik.

  • muammoli vaziyatni yaratdik.

  • zamonaviy usullarda lug’at ustida ishlashning turli mashg’ulotlarda ko’rsatdik.

O’quvchining lug’ati qancha boy, rivojlangan bo’lsa, uning nutqi boy bo’ladi, o’z fikrini aniq, ifodali, ravon bayon eta oladi.
Ona tili darslarida lug’at ustida ishlash 4 ta asosiy yo’nalishni o’z ichiga oladi. Bular quyidagilar:

  1. O’quvchilar lug’atini boyitish, yangi so’zlarni, shuningdek o’quvchilar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’anolarini o’zlashtirish;

  2. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish;

  3. Lug’atni faollashtirish;

  4. Adabiy til.

Lug’at ustida ishlash jarayonida o’quvchilarning:

  1. So’z boyligini oshirishga;

  2. So’z ma’nolarini tushunib olishga, nutqini shakllantirishga;

  3. O’quvchilarni fikrlash imkoniyatiga, mustaqillikka undash;

  4. Imlo lug’ati bilan ishlashga;

  5. Faollikka, so’zlarni nutqda to’g’ri qo’llay olishiga erishdik.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling