Uyga vazifa.
Keyingi darsda rasmga qarab hikoya tuzish va yozish ko’zda tutiladi.
Uy vazifasi topshirilgach, o’quvchilar rasmni diqqat bilan kuzatadilar. Rasmda nimalarni ko’rayotganliklari, qanday voqea sodir bo’lganligi kabilarni tushunchalari bo’yicha so’zlab beradilar. O’qituvchi rasmdagi voqeaning to’la va
batafsilroq yoritilishi uchun savollar beradi. Bunda voqeaning boshlanish vaqti, o’rni va har qaysi rasmdagi voqealar o’rtasidagi bog’lanishlar aniqlanadi. O’quvchilar rasmda aks etgan jonivorlarga nom tanlaydilar va shu nom bilan ataydilar.
O’quvchilar hayvonlarga nom qo’yishda asoson ularning tuzilishiga e’tibor beradilar. Shu jihatlarni inobatga olib (quyonchaga Momiq, tipratikanga Yumaloq deb nom tanlashi mumkin) va darsdagi savollarga javob beradilar. O’quvchilarning javoblari quyidagicha bo’lishi mumkin.
Yoz kunlarining birida quyon Momiq bilan Yumaloq yog’och ustida o’ynayotgan edi. U birdan och bo’rini ko’rib qoldi. Ona quyon darrov Momiqni bag’riga oldi. Yog’ochning bir tamoni ko’tarilib ketdi. Yumaloq och bo’rining burniga borib urildi. Bo’ri qonga bo’yalib qochdi Momiq Yumaloq va ona quyon ahvoliga rosa kulishdi.
O’quvchilar hikoyaga jamoa ravishda sarlovha topadilar. O’quvchilar topgan
«Bo’rining omadi kelmadi», «Qilmish-qidirmish», «Qilmishiga yarasha» kabi sarlavhalardan tanlaniladi. Sarlavha va hikoyaning rejasi doskaga yoziladi. Hikoyani yozishga imloviy tayyorgarlik ko’riladi, so’ngra reja asosida ikki–uch o’quvchiga qayta hikoya qildiriladi. O’quvchilar hikoyani yoza olishiga ishonch hosil bo’lgach, uni yozishga ruxsat etiladi.
U unlisining aytilishi va yozilishi.
Uy vazifasi tekshirilgach «Toychog’im» she’ri doskada o’qiladi. She’rda ajratilib ko’rsatilgan, kunduzdek, kumushdek, uchqur kabi suzlarning ma’nosi lug’at daftarga yozdiriladi, talaffuzi va imlosi izohlanadi. Suhbat yo’li bilan bunday bo’g’inli so’zlarning ikkinchi bo’g’inidagi u unlisi i unlisiga yaqin talaffuz etilsa ham ularning xar ikki bo’g’inida u harfi yozilishi aniqlanadi. O’quvchilar shunday so’zlarga misol aytadilar. O’quvchilar tanlagan so’zlardan 4- 5 tasi izohlab yozdiriladi. 3 ta mashq mustaqil bajarila
Do'stlaringiz bilan baham: |