Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


-jadval. 2023-yil yanvar holatiga ko`ra davlat byudjeti daromad, harajat va defitsiti5


Download 0.53 Mb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1586090
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ОРГИНАЛDavlat byudjeti va taqchilligi(5)

2
.1-jadval. 2023-yil yanvar holatiga ko`ra davlat byudjeti daromad, harajat va defitsiti5

O‘zbekistonda yanvar oyining 8 kunida davlat budjeti xarajatlari daromadlardan 2,3 barobar oshib, defitsit ko‘rsatkichi 5,54 trillion so‘mga yetdi6.


Ushbu davrdagi daromadlar 4,37 trillion so‘mni tashkil etdi, bu 2022 yilning 8 kunidagi daromadga nisbatan 18,9 foizga (5,39 trillion so‘m) va 2021 yilga (4,26 trillion so‘m) nisbatan 2,6 foizga kam hisoblanadi. Xarajatlar 73,6 foizga o‘sdi — 2022 yildagi 5,7 trillion so‘mdan 9,9 trillion so‘mgacha.
Agar 2021 yilning 8 kunida taqchillik 270,8 milliard so‘mni, 2022 yilning 8 kunida 318 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 5,54 trillion so‘mga yetgan (mos ravishda 17,4 va 20,4 barobar ko‘p). Raqamlar 2023 yilga rejalashtirilgan davlat budjeti taqchilligining 22 foiziga yetib ulgurgan — 25,13 trillion so‘m.
2023 yil boshida davlat budjeti tushum va daromadlarining kamayishi energetika inqirozi hamda elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar tufayli O‘zbekistonda ko‘plab korxonalar faoliyati to‘xtab qolgan paytga to‘g‘ri keldi.
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev fevral oyi boshida Farg‘ona vodiysiga tashrifi chog‘ida ham aytib o‘tgandi. «Bu yil qish juda sovuq keldi. Bundan ko‘plab tadbirkorlar jabr ko‘rganini bilaman», — degandi davlat rahbari.
Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band). Hisob-kitobga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).
"Oldimizda dolzarb vazifa — «qattiq sovuq» oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish", — degan Shavkat Mirziyoyev. Shu bois iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida qaror imzolangan.
Shu munosabat bilan prezident birinchi chorakda YAIM pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qilgan. Tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lash muddati uzaytiriladi, qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, foiz va «penya» hisobini to‘xtatib turish va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.
2022 yilda hukumat davlat budjetining yalpi ichki mahsulot 3 foizi miqdoridagi chegarasini bajarmagan, shu sababli parlament xarajatlarni 2 milliard dollarga oshirish va YAIMning 4 foizigacha bo‘lgan chegarani tasdiqlagan. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov davlat xarajatlarining o‘sishi hisobiga inflyatsiya darajasi kutilganidan yuqori ekanini bildirgan. Inflyatsiyani ushlab turishda budjet konsolidatsiyasining roli oshganini ta’kidlagan.
2023 yilda davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilangan.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling