Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Birinchi konsepsiyaning asosini davlat byudjetini har yili muvozanatlashtirish lozim, degan qoida tashkil etadi


Download 0.53 Mb.
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1586090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ОРГИНАЛDavlat byudjeti va taqchilligi(5)

Birinchi konsepsiyaning asosini davlat byudjetini har yili muvozanatlashtirish lozim, degan qoida tashkil etadi. Ammo bu masala chuqurroq tadqiq etilsa, unda bu qoida asosida tuzilgan byudjet iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan davlat fiskal siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir etishini ko‘rish mumkin. Masalan, inflyatsiya sharoitida aholining daromadi oshib boradi, bu esa avtomatik ravishda soliq tushumlarini ko‘paytiradi, hukumat daromadlarni xarajatlardan ortib ketishining oldini olishga harakat qiladi. Unda u soliq stavkasini pasaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish yoki ularning ikkalasidan foydalanishi kerak bo‘ladi. Buning natijasida inflyatsiyaning kuchayishi ro‘y beradi.
Ikkinchi konsepsiyaning asosida byudjetni iqtisodiy sikl davrida muvozanatlashtirish lozim degan qoida yotadi. Bunda davlat bir vaqtning o‘zida siklga qarshi choralarni amalga oshiradi va byudjetni muvozanatlashtirishga harakat qiladi. Bunda tanazzulga qarshi turish chorasi deb hukumat soliqlarni pasaytiradi, xarajatlarni oshiradi va ongli ravishda byudjet kamomadini yuzaga keltiradi. Yuksalish davrida esa hukumat soliqlarni ko‘taradi va davlat xarajatlarini kamaytiradi. Buning natijasida yuzaga kelgan byudjetning profitsitini tanazzul vaqtidagi kamomadini qoplashga ishlatadi. Bunda eng asosiy muommo shundan iboratki, iqtisodiy faoliyat ko‘tarilish va tanazzul vaqt davomiyligi nuqtayi nazaridan farq qiladi. Masalan, tanazzul davri ikki yil, yuksalish davri esa bir yil bo‘lishi mumkin. Unda ikki yilda ongli ravishda yuzaga keltirilgan kamomad miqdorini bir yildagi byudjetning ijobiy saldo miqdori bilan qoplab bo‘lmaydi.
Uchinchi konsepsiya byudjet emas, balki iqtisodiyot muvozanatlashtirishi kerak degan qoidaga asoslanadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik davrida byudjet ijobiy va barqaror saldoga ega bo‘lishi mumkin degan fikr ilgari suriladi. Zero, iqtisodiy o‘sish sharoitida byudjetga soliqlar tushumi avtomatik ravishda ko‘payadi, makroiqtisodiy barqarorlik esa buni rag‘batlantiradi, demak byudjet kamomadi avtomatik ravishda o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi. Undan tashqari davlatning soliqlarni belgilash huquqi va pullarni vujudga keltira olish sharoitida uning byudjet kamomadini moliyalashtirish imkoniyatlari amaliy jihatdan cheksizdir.
Byudjetni tartiblashning strategiyasi, undan keyin taklif iqtisodiyoti (XX-asrning 80-90 yil) nazariyasi, rivojlangan mamlakatlarda funksional moliya konsepsiyasini amaliyotda qo‘llanuvchi iqtisodiy tartiblashning modeliga aylantirdi.
Byudjet taqchilligi ma'lum bir davrdagi davlat xarajatlari davlat daromadlaridan oshib ketadigan miqdordir. Byudjet taqchilligi xarajatlar yoki tovarlar va xizmatlarni sotib olish, ijtimoiy nafaqalar va sof soliqlar (soliqlar minus ijtimoiy nafaqalar)ga teng daromadlar o'rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. bo'lgan shtatlarda rivojlangan iqtisodiyotlar byudjet taqchilligi YaIMning 3 foizini tashkil etishi normal hisoblanadi.
Aksariyat rivojlangan mamlakatlar byudjet taqchilligini daromad va xarajatlarni tartibga soluvchi o'z mablag'laridan tashqari manbalar yordamida moliyalashtiradi. Shuning uchun, tarmoq pul krediti markaziy hukumatga ular kichik biriga ega. Rivojlanayotgan mamlakatlarda va iqtisodiyoti o'tish davridagi mamlakatlarda, qayerda moliyaviy bozorlar yetarlicha ishlab chiqilmagan, taqchillikning sezilarli hajmi byudjetdan moliyalashtirishning emissiyaviy xususiyatini aks ettiradi. Eng yuqori defitsitlar Rossiya, Armaniston, Argentina, Braziliyada.
Byudjet siyosati davlat va jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo’lishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Byudjet siyosati:

  • byudjet daromadlari bo’yicha siyosat;

  • byudjet xarajatlari bo’yicha siyosat;

  • davlat krediti siyosati;




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling