Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 0.53 Mb.
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1586090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ОРГИНАЛDavlat byudjeti va taqchilligi(5)

Daromadlar jami
Qo‘shilgan qiymatga soliqlar
Respublikadan tashqariga olib chiqib ketiladigan xomashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliqlar
Aksizlar
Daromadga soliq
Aholiga sotiladigan davlat zayomlari
Aholidan olinadigan davlat soliqlari
Xarajatlar – jami
Xalq xo‘jaligiga ijtimoiy iqtisodiy tadbirlarga jami:
undan
aorif, madaniyat fanga, sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiyaga, ishtimoiy ta’minotga, ko‘p bolali va yolg‘iz onalarga nafaqa, xalqning turmush darajasini oshirish
davlat organlari va boshqaruv
Davlat byudjetining bajarilishi uch xil bo‘lishi mumkin:
- balanslashtirilgan (daromad = xarajat);
- defitsitli (daromad < xarajat);
- profetsitli (daromad > xarajat).
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari miqdori tengligi taqozo qilinadi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining miqdori daromadlar miqdoridan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi, ya’ni tovarlar bilan ta’minlanmagan pullarni muomalaga chiqarish, asoslanmagan (puflangan) ijtimoiy sohalardagi dasturlarga sarflarni oshirish, shuningdek iqtisodiyotdagi tanazzul ijtimoiy ishlab chiqarishda me’yoriy xarajatlarning o‘sishi va hokazo.
Byudjet xarajatlari - byudjet daromadlarining ayrim shakllariga o‘xshash baholarni shakllantirish bilan bog’liq ham bo‘lishi mumkin. Bunda byudjet xarajatlari tovarlarning bahosi uning haqiqiy qiymatidan past darajada o‘rnatilib sotilganda vujudga kyelgan zararlarni qoplash manbai sifatida maydonga chiqadi.
“Davlat byudjetining xarajatlari” va “byudjetdan Moliya-lashtirish” tuShunchalari bir-biriga yaqin, Lekin aynan bir-biriga tyeng bo‘lgan tuShunchalar emas. Agar Davlat byudjetining xarajat-lari byudjet kategoriyasini ifoda etsa, byudjetdan Moliyalashti-rish esa bu kategoriyaning sub’yektlarga barcha aloqador tadbirlar bilan amalda mablag’larni berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini shakllantirish jarayoni byudjetdan tyegishli sub’yektlarga mablag’lar berilganidan so‘ng ham davom etadi. Lekin u endilikda byudjetdan tashqarida davom etib, sub’yektlar (iqti-sodiyot, ijtimoiy soha va ularning tarmoqlari, korxonalar va bosh-qalar) Moliyasining elementlarini tashkil etadi. Biroq mablag’larni byudjetdan sub’yektlarga berish Yuqorida sanalgan usullarining istalgan birini mustaqil byudjet kategoriyasi sifatida talqin qilish mumkin emas. Chunki ularning har biri byudjet kategoriyasi hisoblangan Davlat byudjeti xarajatlarining namoyon bo‘lish shaklidir.
Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlamalik xarakteriga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa sub’yektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo‘lib, ularning da-romadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo‘l-jallangan tyegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana Shu ikkiyoqlamali xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining faqat oraliq bos-qichi ekanligidan dalolat beradi. Bu yerda byudjet fondlarining egasi – davlat va pul mablag’larini oluvchilar – sub’yektlar o‘rta-sida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo‘ladi. Bu bosqichda (birinchisidan farqli o‘laroq) davlat va aholi o‘rtasida bevosita taqsimlash munosabatlari paydo bo‘lmaydi. Chunki bu bosqichda istye’mol maqsadlari uchun ajratilgan barcha byudjet resurslari tyegishli sub’yektlarning fondlarini (masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy istye’mol fondlari va boshqalar) shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Daromadlar singari, Davlat byudjetining xarajatlari ham ob’yektiv iqtisodiy byudjet kategoriyasidir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylaShuvi byudjetdan sub’yektlarga pul mablag’larining tyeskari oqimi bilan xarakterlanadi. Bu munosabatlarning asosida Moliya tizimining barcha bo‘linmalariga xos (tegishli) bo‘lgan taqsimlash jarayoni – pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish – yotadi. Lekin bu yerda jarayon tyeskari tartibda sodir bo‘ladi: pul fond-larini shakllantirish ularning foydalanishidan oldin sodir etilmasdan, byudjet mablag’laridan foydalanish (sarflash) uni oluvchilarda fondlarning shakllanishiga olib kyeladi.
Byudjet mablag’larini ola turib sub’yektlar o‘zlarining pul fondlarini tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o‘z navbatida, ma’-lum maqsadlarga mo‘ljallangan kichik fondlarga bo‘linadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining xarajatlari tranzit xarakterga ega bo‘lib, ularni bu yerda tom ma’nodagi xarajatlar dyeb bo‘lmaydi. Byudjet bu xarajatlarning o‘lchamini limitlashtiradi (yana to‘liq darajada emas), xarajatlarning o‘zi esa sub’yektlarning o‘zi tomoni-dan amalga oshiriladiki, bu yerga byudjetdan Moliyalashtirish tar-tibida pul mablag’lari yo‘naltiriladi va shu yerning o‘zida taqsimlashning yangi bosqichi boshlanadi.
2022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari (byudjetlararo Transfertlar bilan birgalikda) jami 193 trln so‘m (YAIMga nisbatan 23 foiz) miqdorida prognoz qilinmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun byudjetnoma bo‘yicha bergan xulosasida aytib o‘tilgan.
Byudjetnomaga muvofiq, 2022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari davlat soliq idoralari bo‘yicha 145,7 trln so‘mni (YAIMga nisbatan 17,3 foiz), davlat bojxona idoralari bo‘yicha 39,8 trln so‘mni (4,8 foiz) va Moliya vazirligi tushumlari bo‘yicha 7,5 trln so‘mni (0,9 foiz) tashkil qilmoqda.
SHuningdek, byudjetnomada Davlat byudjeti xarajatlari 172 trln 680,5 mlrd so‘mga etishi prognoz qilingan. Hisob palatasi ushbu xarajatlarni 1 trlnga qisqartirishni taklif qilgan. SHunda Davlat byudjeti xarajatlari 171 trln 680,5 mlrdni tashkil qiladi.Qayd etilishicha, 2022 yil uchun davlat byudjeti daromadlarini prognozi byudjet daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi narx va valyuta kurslarining o‘rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan.Hisob palatasi xulosasiga ko‘ra, 2023 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari (byudjetlararo Transfertlar bilan birgalikda) jami 210,7 trln so‘m, 2024 yilga esa 246,7 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
    1. Byudjet siyosati


Byudjet siyosati – byudjet munosabatlarini tashkil etish tamoyillarining bajarilishini ta‘minlash, davlat va jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni davlat byudjeti orqali amalga oshirish usullari, chora-tadbirlari va maqsadli faoliyatlari yig‘indisidir.


Demak, byudjet siyosati – davlat moliya siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, umumdavlat moliyaviy resurslarini (manbalarini) shakllantirish va jalb etish, taqsimlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanishga qaratilgan davlatning chora-tadbirlari va asosiy yo’nalishlari yig’indisidir.
Byudjet siyosatining asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni ta‘kidlash muhim:

  • davlat byudjetining barqaror daromad bazalarini mustahkamlash;

  • iqtisodiyot ustivor tarmoqlarining rivojlanishini rag’batlantirish;

  • fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga ta‘sir ko’rsatish;

  • mamlakatda kambag’allik va ijtimoiy tengsizlikka barham berish;

  • rivojlanish istiqboli yuqori bo’lmagan hududlarning rivojlanishiga shart-

  • sharoitlar yaratish;

  • bu hududlardagi aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va shu yo’llar

  • bilan siyosiy va ijtimoiy beqarorlikning oldini olish;

  • davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarning sifatli va aholi

  • ijtimoiy muhofazasining manzilli bo’lishini ta‘minlash;

  • byudjet siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta‘minlovchi

  • maqbul byudjet mexanizmini ishlab chiqish va uning samarali ishlashini ta‘minlash va sh.k.

Byudjet siyosati o’z-o’zidan yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin emas. Byudjet siyosatining ahamiyatini baholash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilayotganligini, qo’yilgan maqsadlar va vazifalar qanchalik darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini to’g’ri belgilash, holis baholash lozim.
Byudjet siyosatining mazmuni ko’pqirrali bo’lib, qo’yidagilarni amalga oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi:
1. Byudjet munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan kontsepsiyalarini ishlab chiqish.Bu kontsepsiyalar quyidagilarni o’rganish asosida ishlab chiqiladi:

  • iqtisodiy qonunlar talablarini o’rganish;

  • milliy xo’jalik holatini har tomonlama tahlil qilish;

  • ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan

  • keyingi rivojlanish istiqbollarini o’rganish;

  • aholining talab va ehtiyojlarini o’rganish.

2. Istiqbolda va joriy davr mobaynida byudjetdan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish. Bunda iqtisodiy va moliyaviy siyosatda belgilangan
Byudjet siyosatining asosiy maqsadi – jamiyatda yaratilgan boylik va ne‘matlarning jamiyat a‘zolari o‘rtasida maksimal darajada adolatli taqsimlanishini ta‘minlashdan iborat maqsadlarga erishish yo’llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko’paytirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
3. Qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy
xatti-harakatlar qilish, chora-tadbirlar belgilash, maqbul byudjet mexanizmining dastak va vositalarini ishlab chiqish.
Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo’ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan siyosat samarasizdir, shuningdek, uzoq davrni mo’ljallab, istiqbolni ko’zlab ishlab chiqilgan kontsepsiyalar va yo’nalishlar, ular qanchalik olijanob, jozibali bo’lmasin, davlatning tegishli amaliy xatti-harakatlari, ta‘sirchan dastak va vositalari bilan ta‘minlanmasa, inqirozga yuz tutadi, ko’zlangan maqsadlar amalga oshirilmay qoladi.
Davlat oldida turgan va muayyan davrda hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va ko’zlangan davrning uzoqligiga ko’ra
byudjet siyosati:

  • byudjet strategiyasi;

  • byudjet taktikasidan iborat.

Byudjet strategiyasi uzoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta‘minlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlariga safarbar qilishni nazarda tutadi.
Masalan, mustaqillikning dastlabki yillarida byudjet strategiyasining asosiy vazifalaridan biri – byudjetning barqarorligini ta‘minlash, ortib borayotgan byudjet defitsitini jilovlash bo’lgan bo’lsa, bu vazifani bajarish uchun: ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish davri uchun xos bo’lgan yangi byudjet qonunchiligini ishlab chiqish; mustaqil davlatning yangi
soliq tizimini shakllantirish; byudjetning xarajatlar qismini qayta tuzish; byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish kabi chora-tadbirlar belgilandi va ma‘lum muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi.
Byudjet siyosatining strategiyasi va taktikasi o’zaro bog’liqdir. Strategik
vazifalarni hal qilish uchun taktika qulay shart-sharoit yaratadi.
Byudjet strategiyasi – ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va yirik ko‘lamdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘lib, u rivojlanishning asosiy konsepsiyalarini ishlab chiqish, byudjet munosabatlarini tashkil etishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishni, uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollarini belgilashni ko‘zda tutadi.
Byudjet taktikasi – strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining aniq bosqichida va aniq sharoitlarida moliya-byudjet munosababatlarini tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi.
Davlat va moliya bozorining o‘zaro ta’siri ko‘p qirrali. Davlat qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ish yuritishi, bozorning ishlash qoidalarini o‘rnatishi va unda kundalik nazoratni amalga oshirishi, bozor orqali rasmiy pul siyosati va keng iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishi mumkin. Shuningdek, davlat moliya bozori rivojlanishini rag‘batlantirishi va himoya qilishi mumkin (masalan, bir qator mamlakatlarda fond birjalari davlat institutlari hisoblanadi). Milliy iqtisodiyotning barqaror ishlashi ko‘p jihatdan fond bozori holatiga bog‘liq. Ushbu siyosat bozor va uning tarkibiy qismlariga tashkiliy to‘liqlik, operatsiyalarni standartlashtirish va qat’iy nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy siyosatini ishlab chiqishda moliyaviy siyosatning muayyan tamoyillarini hisobga olinishi kerak. Davlatning moliyaviy siyosati tamoyillari ma’lum davrda o‘zgarishi mumkin.
Moliyaviy siyosatning birinchi tamoyili ishlab chiqarishni rivojlantirishga, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga va bandlik darajasini oshirishga doimiy yordam berishdan iborat.
Davlatning moliyaviy siyosatining ikkinchi tamoyili ijtimoiy kafolatlar berish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish hisoblanadi. Aniqroq qilib aytganda, ushbu tamoyilni fuqarolarning ijtimoiy kafolatlari va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish shakllari va usullarini izlash va doimiy takomillashtirishdan iborat.
Moliyaviy siyosatning uchinchi tamoyili - moliyaviy siyosat vositasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga ta’sir etish, fuqarolarning sog‘lig‘iga tahdid soladigan texnologiyalarni taqiqlash. Bir tomondan, davlat ishlab chiqarish tuzilmalaridan tabiiy muhitni yangilash xarajatlarini qoplashni talab qiladi, ikkinchi tomondan, moliyaviy manbalardan foydalangan holda zararli ishlab chiqarishlarni yopish va ilg‘or resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga harakat qiladi.
Shuning uchun davlat o‘z byudjet siyosatini ishlab chiqadi. Jahon tajribasida byudjet siyosatini ishlab chiqishning uch konsepsiyasi mavjud:
- har yilgi asosda muvozatlantiruvchi byudjet ;
- siklik muvozatlantiruvchi byudjet ;
- funksional moliyalashtirish ;

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling