Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
-BOB. REKRUTMENTNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish beruvchi sifatida kompaniya brendi ahamiyatining o‘sishi
- Kompaniyalar ichida tavsiya tizimlarini joriy etish
5-BOB. REKRUTMENTNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI
5.1. Rekrutmentning zamonaviy tendentsiyalari Biznes uchun professional xizmatlar bozori jonlanmoqda. Axborot texnologiyalari rivojlanayib xodimlarni boshqarish sohasiga, shu jumladan uni qidirish va tanlashga, aniqrog’i rekruting sohaga ta'sir qilmoqda. Rekruterlar tobora zamonaviy yutuqlarni o‘zlashtirmoqdalar va o‘z kompaniyalari va mijozlari uchun eng yaxshi mutaxassislarni izlashda axborot texnologiyalaridan faol foydalanmoqdalar. Ish beruvchi sifatida kompaniya brendi ahamiyatining o‘sishi Ma'lum bo‘lishicha, so‘nggi yillarda, "kadrlar uchun kurash" davrida, kompaniyaning jozibador brendidan tashqari iste'dodlarni jalb qilishda muhimroq narsa yo‘q. Hatto inqiroz va mehnat bozorida bo‘shatilganlarning ko‘pligi ham ushbu tendentsiyaga ta'sir qilmadi. Talantlar ish joyida qoldi va narxi tushmadi. Buni amaldagi rekruting agentliklarining ishsiz qolmaganligi tasdiqlaydi: har qanday inqirozga qaramay, noyob va samarali mutaxassislarni qidirish davom etmoqda. Googlening muvaffaqiyati, ya’ni qisqa vaqt ichida (5 yil) dunyoda eng kuchli brendni yaratganligi, boshqa kompaniyalarni ham ilhomlantirmoqda. Ish beruvchi kompaniya kuchli brendga ega bo‘lib: 1) ish qidiruvchilar soni va sifatini oshiradi; 2) kadrlar almashinuvini pasaytiradi; 3) eng yuqori ish haqini to‘lamasligi mumkin, sababi bunday kompaniyada ishlash obro‘li! Kompaniyalar ichida tavsiya tizimlarini joriy etish Turli xil ish saytlari rivojlanganiga qaramay, etakchi kompaniyalarda ko‘pgina eng yaxshi nomzodlar xodimlar tomonidan tanishlarini taqdim etish orqali yollanadi. Tavsiya tizimining to‘g'ri ishlashi uchun doimiy ravishda xodimlarning unga qiziqishini rag’batlantirish, xodimlarni kompaniya uchun zarur bo‘lgan odamlar bilan biznes aloqalarini o‘rnatishlari uchun ijtimoiy tarmoqlardan ish bo‘yicha foydalanishga undash kerak. Samarali tavsiyalar uchun mukofotlar tizimi shaffof, tezkor va tushunarli bo‘lishi kerak. Misollar. SAPning Rossiya ofisida ishchilar tavsiyalariga binoan yangilarni jalb qilish dasturi 2007 yil boshidan beri ishlamoqda. Barcha ishchilar bo‘sh ish o‘rinlari to‘g'risida ma'lumot olishadi va o‘z do‘stlarini tavsiya qilishlari mumkin. Agar nomzod munosib bo‘lsa, unda uning 81 tavsiyachisi xodimning oylik ish haqi bilan taqqoslanadigan haq oladi. SAPning Rossiya offisida bo‘sh ish o‘rinlarining 50 foizigacha shu yo‘sinda yopiladi va bunaqa vakansiyalar kompaniyada yiliga 150 tagacha. Luxoft-da tavsiyalar nafaqat kompaniya xodimlaridan, balki barcha xohlovchilardan qabul qilinadi. Jarayon kompaniyaning veb-saytida tafsiflangan. Tavsiya etuvchining nomzodi ishga olinsa, unga 300 dollar miqdorida bonus to‘lanadi. Tashqi dastur ishtirokchilarining ulushi taxminan 15-20% ni tashkil qiladi. Xodimlar va tashqaridagi odamlarning tavsiyalari o‘tgan yili kompaniyaning 32% bo‘sh ish o‘rinlarini yopishga yordam berdi. Ernst & Young CIS da 8 yildan beri xodimlarni yollash bo‘yicha “Employee Referral Program” maxsus dasturga ega. Euroset-da "Do‘stingni olib kel" aksiyasi doirasida har bir xodim, tavsiya etilgan nomzod muvaffaqiyatli ishlagan taqdirda, 12 500 rubl miqdorida bonus oladi. 2007 yilda nomzodlarning 25% do‘stlar va tanishlar tavsiyasiga ko‘ra, “Evroset”ga ishga joylashgan. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling