Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


§. SO'YILADIGAN HAYVONLARNING TAVSIFI


Download 462.71 Kb.
bet164/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

§. SO'YILADIGAN HAYVONLARNING TAVSIFI

Xomashyoning sifati ko‘p jihatdan hayvonlarning oriq-semizligi, yoshi, jinsi, zoti hamda fiziologik holati bilan belgilanadi.
Go‘shtga boqilgan hayvonlar birmuncha go‘shtdor bo‘lganlari holda, ulardan go‘shtni qayta ishlash korxonalari sifatli va ko‘proq xomashyo olishlari mumkin. Bunday hayvonlarning vazni birmuncha og‘ir, go‘sht va yog‘ning chiqishi yuqori darajada bo‘ladi.


211




Umuman go‘shtga boqiladigan zotli hayvonlarning suyaklari ingichka, bo‘yni kichikroq va sergo‘sht, boshi kalta, ko‘kragi keng va go‘shtdor, ya’ni to‘shi bo‘rtib chiqqan, orqasi, beli, sag‘risi keng va sergo‘sht, terisi cho‘ziluvchan qalin bo‘lib, mayin jun bilan qoplangan bo‘ladi. Bu tipdagi hayvonlar tez yetiluvchan, o‘z tanasida qisqa vaqt ichida ko‘proq go'sht yetishtira oladigan, muskul to‘qimalari salmoqli bo‘ladi. Ayniqsa, yana bir muhim ko'rsatkichi ularning go‘shti «marmarsimon», ya’ni go‘sht va yog‘ to‘qimalari qavatma-qavat joylashgan bo‘ladi. Bunday holat olinadigan go‘sht xomashyosini mayin, yumshoq, nihoyatda sifatli va lazzatli bo‘lishida eng muhim omillardan hisoblanadi.

Agar qoramollardan go‘sht yetishtirish borasida so‘z yuritsak, go'shtdor zotli mollarning tashqi ko'rinishi bochkasimon, oyoqlari kalta va yo‘g‘on, boshi kichik va yumaloq, bo‘yni yo‘g‘on va kalta, juni yaltiroq va birmuncha mayin hamda kamharakat bo‘ladi. Bunday zotlar respublikamizda nihoyatda kam tarqalgan bo‘lib, ular atigi 5-6% ni tashkil etadi. Jumladan, qozoqi oqbosh, qalmoqi, santa-gerdruda, aberdin- angus, gereford kabi zotlar bunga misol bo‘la oladi.
Go‘shtdor zotli sigirlar sog‘ilmaydi, chunki ularning suti nihoyatda oz bo‘lib, o‘z buzog‘ini boqish uchun sarflanadi. Aks holda uning yosh buzog'i o‘smay, yaxshi rivojlanmay qolishi mumkin.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling