Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet172/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Qonsizlantirish. Mollar yotqizilgan yoki osib qo‘yilgan holda qonsizlantiriladi. Go‘sht kombinatlarida, asosan, mollarni osib, vertikal usulda qonsizlantirish usuli qollaniladi. Qoramollarning tanasi vazniga ko‘ra 4,2% qon chiqsa, u qonsizlantirilgan boiadi. Lekin bu miqdor hayvon tanasidagi umumiy qon miqdorining 40-65 % ini tashkil etadi. Qonsizlantirish ishlari 6—8 minut davom etadi.
Terini shllib olish ishlari og‘ir mehnat talab qiladigan jarayon bolib, ko‘plab kushxonalarda mollar vertikal osib qo‘yilganda amalga oshiriladi. Go‘sht sifati sanitariya jihatidan qoniqarli boiishi uchun kushxonalarda terini shilish va tana (tusha)ga dastlabki ishlov berishda turli vositalar (ilmoq, blok ustidan o‘tkazilgan arqon va h.k.)dan keng foydalaniladi.
So‘yilgan molning quloq, burun va lablari atrofidagi terisi kesib olinadi, so‘ng bosh terisi o‘ng burun katagidan chap shoxigacha shilib olinadi. Tomogidan kesib pastki labidagi halqasimon kesikkacha yetkaziladi va boshning qolgan qismidagi terisi shilinadi, so‘ngra birinchi bo‘yin umurtqasi bilan ensa suyagi orasidan kesilib bosh tanada ajratiladi.
Terini tanadan shilib olish ikki bosqichdan iborat bolib, teri yuzasidan 30-35 % (bo‘yinning 75 % i, ko‘krakning 35 % i) pichoq 220




yordamida shilinadi. Keyingi bosqichda har xil konstruksiyadagi teri shilish mashinalari yordamida mexanik usul bilan shilib olinadi.

Terini shilib olingandan keyin ichki organlar ajratib olinadi, bunda ularning butunligini buzmaslik va tananing ifloslanishini oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Dastlab ko‘krak suyagi arralanadi, keyin qizilo‘ngach traxeyadan ajraladi, yelin va moyaklar olinadi, oq chiziq bo‘yicha qorin bo‘shlig‘i kesilib, oshqozon-ichak yo‘li, qorin yog‘i, traxeya, o‘pka, jigar va yurak bilan birgalikda ajratib olinadi. Ichki organlar veterinar nazoratidan o'tkaziladi va keyingi ishlov berish uchun kalla-pocha mahsulotlari bo‘limiga, ichaklar kompleksini ularni qayta ishlash bo‘limiga yuboriladi.
Keyin tanalar umurtqa bo‘ylab, orqa miyani buzmaslik maqsadida, o‘rta chiziqdan biroz o'ngdan arralanadi. Arralash chizig‘i tekis bolishiga ahamiyat beriladi. Arralash natijasida tana ikkita nimtalik tushalarga ajraladi. Bu go‘shtni tashish, sovitish xonalarida joylashni osonlashtirish va sovitishni tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Arralashdan keyin nimtalik tushalar tovar ko‘rinishini yaxshilash va keyingi saqlash jarayonida chidamliligini oshirish maqsadida quruq va ho‘l tozalash usullari bilan tozalanadi. Quruq tozalashda ichki absisslar (ichki yiringlar) va zaxalangan joylar olib tashlanadi, dum va tos atrofidagi yog‘lar ajratib olinadi, diafragma kesib olinadi, buyrak yog‘i bilan orqa miya chiqarib olinadi. Ho‘l tozalashda nimtalik tushalar iliq suv bilan maxsus cho‘tkalar yordamida yuvilib, iflosliklardan tozalanadi.
Nimtalik tushalarga veterinar nazoratining tamg‘asi, semizlik kategoriyasi, yoshi va boshqa xususiyatlari ifodalangan tag'malar bosiladi. Shundan keyin nimtalik tushalar tarozilarda tortiladi va suyuqlik bilan ishlov berish uchun yuboriladi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling