218
Nerv to‘qimasi hayvon organizmining barcha to‘qimalari orasi- da bo‘lib, asosan, bosh va orqa miyada joylashgan. Nerv to'qimasi nerv hujayrasi, nerv tolasi va nerv bog‘laridan tashkil topgan. Nerv to'qimasi limfa, uning tugunchalari va tomirlarda juda oz miqdorda (0,3 %) bo‘lib, ovqatlanishda ahamiyatga ega emas.
§. CHORVA MOLLARINI SO‘YISH TEXNOLOGIYASI
Mollarni so‘yishga tayyorlash. Qoramollarni so‘yishdan oldin jin- si, yoshi va oriqligiga ko‘ra guruhlarga ajratish tavsiya etiladi, bu esa so'yilgan mollarning mahsulotini qayta ishlash jarayonini birmuncha yengillashtiradi.
Mollarni so‘yishga tayyorlash, asosan, so'yishdan oldin mol saqlash bo‘limida amalga oshiriladi. Go‘sht kombinati maydonida mollarni so‘yish bo'limiga yo'naltirilgan yo'lak tayyorlanadi-yu, bunda vaqtincha saqlash xonalari bo'lib, hayvonlar o‘z turiga ko‘ra guruh holda saqlanadi. Mollarni so‘yishdan oldin veterinariya vrachi yana bir bor barcha hayvonlarni birma-bir ko‘zdan kechirib chiqadi. Agar kasalligi gumon hisoblangan mollar bo‘lsa, ular ajratib olinadi va tana harorati o‘lchanadi. Bunda ko‘pincha og‘irligi 0,5 kg bo‘lgan TNEV-1 rusumli elektr harorato‘lchagichdan foydalaniladi.
Mollarni so'yishdan oldin 24 soat davomida och qoldiriladi, bu esa ularni oshqozon-ichak sistemasidan mumkin qadar ko‘proq axlatni chiqarib tashlashga mo‘ljallangan. Lekin sug'orish ishlari so‘yishga uch soat qolguncha davom ettiriladi. So‘yishdan oldin mollar cho‘miltiriladi. Bu esa go‘shtning toza bo‘lishi, xizmatchilarning qo‘llari ifloslanmasligi uchun muhim tadbir hisoblanadi. Mollarning oyoqlari ham toza bo‘lishi kerak. Hayvonlarni cho'miltirishda maxsus dush yoki shlanglardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |