Shoxli yirik mollarni so‘yish texnologik sxemasi quyidagi bosqichlardan iborat: mollarni haydab kirish va hushsizlantirish; osma yo'lga ko‘tarish; so‘yish; qonsizlantirish; terisini shilish yo'liga o‘tkazish; kallani kesib olish; terini shilish; ichki organlarini ajratish; tanani ikki qismga arralash; quruq tozalash; ho‘l tozalash; tamg‘alash; tortish.
Hayvonlarni hushsizlantirish. Yirik mol va cho‘chqalar hushsizlan- tiriladi. Mayda mol va buzoqlar hushsizlantirilmaydi. Hushsizlantirishdan maqsad mol oyog‘iga g‘ildirakli zanjir bog'lab osma yo‘lga ko‘tarishda ishchi mehnatini xavfsizlantirishdir.
219
Hushsizlantirish shunday olib borilishi kerakki, bunda mol yuragining faoliyati o'zgarmasligi lozim. Yurak ishlab turganida mol so‘yilsa, uni qonsizlantirish toliq bo‘lib, undan olinadigan mahsulotlar sifatli va saqlashga chidamli bo‘ladi.
Hayvonlarni hushsizlantirishning birmuncha usullari bo‘lib, hammasida ham agar hayvon qonsizlantirilmasa oradan bir necha minut o‘tgach u yana o‘ziga keladi.
Bolg'a bilan hushsizlantirish. Bunda og‘irligi 2 kilogramm va dastasi
metr bo‘lgan bolg‘adan foydalaniladi. Molni chap qulog‘idan o‘ng ko‘ziga va o‘ng qulog‘idan chap ko‘ziga chiziqlar kesishgan joyiga bolg'a bilan uriladi. Urish kuchi bosh suyagini shikastlamasdan, faqat miyaning molekular aloqasini o‘zgartira olishga yetarli bo‘lishi kerak.
Otuvchi apparat bilan hushsizlantirishda to‘pponchadan foydalaniladi. Unda diametri 9 mm bo‘lgan gazsiz sochma o‘q solinib hayvonning miyasiga otiladi. Miyaga kirgan o‘q hayvonni hushsizlantiradi. Bunda yurak urishi davom etadi va qonsizlantirish jarayoni yaxshi natija beradi.
Elektronarkoz yordamida hushsizlantirish usuli hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Bu usul ma’lum kuchlanishga ega bo‘lgan elektr tokining qisqa muddatda molning markaziy asab sistemasiga ta’siriga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |