2
|
O'rta semizlikda bo'lganda
|
44,2-48,4
|
2,3-4,4
|
3
|
O'rtadan past semizlikda bo'lganda
|
40,9-45,2
|
1,3-2,2
|
4
|
Oriq bo'lganda
|
37,2-41,0
|
0,5-0,8
|
|
I kategoriyadagi novvoslar
|
50,0
|
2,3
|
|
II kategoriyadagi novvoslar
|
48,0
|
0,8
|
|
I va II kategoriyadagi buzoqlar
|
52,3
|
0,68
|
|
Oriq buzoqlar
|
42,0
|
-
|
Barcha zonalar bo‘yicha yagona holda qo‘shimcha mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan. Shunga ko‘ra: I kategoriyadagi qo'shimcha mahsulotlar 3,42%; II kategoriyadagi qo'shimcha mahsulotlar 7,18%, teri o'rtacha 7% atrofida. Bunda mollarning yoshi, jinsi va vazniga ko'ra bu ko'rsatkich 5,9% dan 10% gacha bo'lishi aniqlangan.
Go'sht kombinatlarida va kushxonalarda so'yilgan mollarning go'shti sifatiga ko'ra bahonaladi va savdo tashkilotlariga jo'natiladi. Bunda barcha tur mol go'shti GOST 779-55 yarim va chorak nimtali mol go'shti hamda GOST 16867-71 yarim nimtali buzoq go'shti asosida baholanadi.
Go‘shtni sovitish. Ma’lumki, tez buziladigan yoki sifat jihatidan aynib qoladigan chorva mahsulotlariga nisbatan o'z vaqtida talab etiladigan chora-tadbirlar ko'rilmasa, ular tez buziladi va iste’mol qilishga yaroqsiz holga kelishi mumkin. Bunga asosiy sabab turli xil mikroorganizmlar bo'lib, bunday mahsulotlar ular uchun nihoyatda qulay muhit hisoblanadi.
Mikroorganizmlarning tez ko'payib ketishi havo harorati, namligi, go'sht to'qimasidagi fermentlarning biokimyoviy o'zgarishiga bog'liq holda bo'ladi. Shularni hisobga olgan holda, chorva mahsulotlarini konservalash usulidan foydalaniladi.
Mashinalar yordamida sovitish-asosan, bir necha turdagi gazlar (ammiak, karbonat angidrid, sulfat angidrid)ni siqib suyultirishdan iboratdir. Bu gazlarning qaynash harorati suvning muzlash haroratidan ancha past bo'ladi. Suyultirilgan gaz qaynab bug'lanishi uchun issiqlikni tashqi muhitdan oladi. Ammiak bilan ishlaydigan kompressor mashinalar ishlab chiqarishda ko'proq qo'llaniladi.
Hayvon so'yilgandan so'ng hali issiqligini yo'qotmagan va qotmagan go'sht yangi go'sht deb ataladi. Bir sutka davomida saqlangan va harorati
Do'stlaringiz bilan baham: |