Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


§. KALLA-POCHA MAHSULOTLARIGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI


Download 462.71 Kb.
bet176/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

§. KALLA-POCHA MAHSULOTLARIGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI

Hayvonlar so‘yilgach, kalla-pochasi va ichki organlari qayta ishlanadi. Go‘sht sanoatida bu organ va qo‘shimcha to‘qimalar kalla-pocha mahsulotlari deb ataladi. Bu mahsulot barcha morfologik belgilariga ko‘ra to‘rt guruhga bo'linadi: •

  • yumshoq va go‘shtli mahsulot (jigar, o‘pka, yurak, buyraklar, taloq, til, yelin, go‘sht kesiklari, diafragma);

  • suyakli qo‘sliimcha go‘sht mahsulotlari (qoramollarning bosh va dumi);

  • junli qo‘shimcha mahsulotlar (qoramol oyoqlari, quloqlari);

  • shilimshiq mahsulotlar (katta qorin, to‘r qorin, qatqorin, shirdon va oshqozon) shular jumlasidandir.

Kimyoviy tarkibi, to‘yimliligiga ko‘ra kalla-pocha mahsulotlari ikki kategoriyaga bo'linadi. I kategoriyaga miya, til, jigar, kalla go‘shtlari, buyraklar, diafragma, dum, yelin va go‘sht kesiklari kiradi. II kategoriyaga boshi, quloq va oyoqlari, urug‘donlar, o‘pka, katta qorin, qizilo'ngach kiradi.
Shuningdek, cho‘chqalarning oshqozoni, taloq, lab va traxeyalari ham ikkinchi kategoriyaga inansub hisoblanadi.
Ayrim qo'shimcha mahsulotlar (o'pka, oshqozon devorlari) birikti­ruvchi tolalardan tashkil topgan bo'ladi.
Ba’zi bir qo'shimcha mahsulotlarda suyak miqdori ko'proq bo'ladi. Masalan, boshda 50%, oyoqlarda 85-90% atrofida suyak bo'lishi aniqlan­gan. Ishlanmagan qo'shimcha mahsulotlar uzoq vaqt saqlanmaydi. O'pka, jigar, taloq, buyrak kabilar 0°C dan past haroratda saqlanishi talab etiladi. 224



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling