227
masdan tashqariga oqib ketadi. Bunda go‘sht oziq moddalarini birmuncha yo‘qotadi va lattaga o'xshab qoladi.
Agar go‘sht maxsus kamera (defroster)larda sekinlik bilan sun’iy eritilsa, erigan suv va go‘sht shirasi kolloidlar tomonidan shimib olinadi.
Nimtalar, asosan, bo‘laklarga bo'lingan holda eritiladi. Bo'laklar nimtaning chorak, ya’ni 1/4 qismidan kichik bo‘lmasligi kerak, chunki mayda bo'laklar shirani ko‘p yo‘qotadi.
Eritilgan go‘sht 1-3 kun 0-2 °C haroratda saqlanadi. Bu vaqtda u shirasini yo‘qotmaydi va suv kolloidlari tomonidan shimiladi, go‘shtning ustida harorat -1 °C bo‘ladi. Shunday usulda eritilgan go‘sht 0°C haroratda
8 kun saqlanishi mumkin. Muzlatilgan go'shtni eritish uchun 2-5 kun vaqt sarflanadi.
Dczinfeksiya. Dezinfeksiyalash uchun har xil mog‘or zamburuglariga faol ta’sir etadigan moddalarni tanlab olish talab etiladi. Kameralarni dezinfeksiya qilish uchun 5 % li temir sulfat tuzining eritmasi, 5 % li o‘yuvchi natriy (NaOH)ning eritmasi, antiseptol (tarkibida 25% xlor bo‘lgan xlorli ohakdan 2,5 kg, 35 kg kalsiylangan soda va 100 / suv aralashmasi) ishlatiladi. Taniqli olim, prof. M.Danilov bu borada ko‘plab kuzatishlar olib borgan va uning fikriga ko‘ra kameralarni BUV-15 va BUV-30 rusumli lampalar bilan zararsizlantirish ma’qul deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |