Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Kolbasa mahsulotlari assortimenti. Xomashyoni ishlab chiqarishga tayyorlash


Download 462.71 Kb.
bet191/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Kolbasa mahsulotlari assortimenti. Xomashyoni ishlab chiqarishga tayyorlash.

  • Pishirilgan kolbasalar tayyorlash texnologiyasi.

  • Chala va xom dudlangan kolbasalar ishlab chiqarish texnologiyasi.

  • Sosiska va sardelkalar ishlab chiqarish texnologiyasi.

  • Yarimdudlangan kolbasalar tayyorlash texnologiyasi.

  • Liver kolbasalar tayyorlash texnologiyasi.

    1. tajriba ishi

    Mavzu. Go'sht mahsulotlari assortimentini o'rganish va sifatini aniqlash Maqsad. Go'sht mahsulotlari assortimenti bilan tanishish, ularning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish.
    Mazmuni. Standartlar, ma’lumotnomalar, uslubiy ko'rsatmalardan foyda- lanib go'sht mahsulotlari assortimentini o'rganish, laboratoriya asbob va uskunalarini qo'llab, go'sht va kolbasa sifat ko'rsatkichlarini aniqlash va xulosa chiqarish.


    239


    Vill bob. SUT VA SUT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI




    1. §. SUT TEXNOLOGIYASI

    Sut -juda qimmatli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. U dispers muhit (plazma -mineral tuzlar va sut qandining eritmasi), kolloid faza (oqsil va tuzlar) va kichik dispers faza (sut yog‘i) dan tashkil topgan. Sutning tarkibida o‘rtacha 3,8% sut yog‘i, 4,7% sut qandi, 3,3% oqsil, 0,7 % mineral moddalar va 87,5 % suv mavjud.
    Bolalarning sog‘lom boiishi, ularning aqliy va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun sut va sut mahsulotlarining ahamiyati juda katta ekanligini hakimlar va olimlar ilmiy jihatdan isbotlaganlar. Shuning uchun yosh avlodni bunday mahsulotlar bilan ta’minlash ularning kuchli va aqlan sogiom boiib o‘sib, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishlariga qaratilgan muhim vosita deb qarash mumkin.
    Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati sut va pishloq mahsulotlari, sariyog1 va sut konservalari ishlab chiqarish kabi asosiy tarmoqlarga ega.
    Sut mahsulotlari ishlab chiqarish tarmogi aholini turli pasteri- zatsiyalangan va sterilizatsiyalangan sut va qaymoq, achitilgan sut mahsulotlari, sariyog‘, pishloq, muzqaymoq bilan ta’minlaydi.
    Oxirgi yillarda sut va sut mahsulotlarining yangi assortimentini ishlab chiqarishga e’tibor berilmoqda. Buning uchun sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruksiyalash, ularni yangi, takomillashgan texnika va texnologiyalar bilan boyitishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirish-yangi fizik usullarni qoilash yoii bilan amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda ko‘pgina mamlakatlarda yangi texnologik jarayonlar, sut mahsulotlarini infraqizil nurlar va yuqori chastotali elektr toki yordamida pasterizatsiyalash ishlari yoiga qo‘yilgan.
    Sutning hosil bo‘lishi. Sut sigirning yelinida hosil boiadi. Sigir yelinida to'rtta: ikkita oldingi va ikkita keyingi so‘rg‘ichlar mavjud. Har bir so‘rg‘ichdagi sutning miqdori va tarkibi har xil boiadi.



    Download 462.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   322




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling