Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
§. UNNI SAQLASH VA ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORLASH
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
§. UNNI SAQLASH VA ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORLASH
Non mahsulotlari ishlab chiqarishda un asosiy xomashyo hisoblanadi. Tegirmondan olib kelingan un, uning zaxirasini (novvoylik korxonalarida yetti sutkalik zaxira) ta’minlovchi alohida omborxonalarda saqlanadi. Bunday zaxira o‘z vaqtida unning sifatini tekshirib, ishlab chiqarishga tayyorlash imkonini beradi. Qulay sharoitlarda saqlangan unning xususiyatlari yaxshilanadi. Novvoylik korxonalarida un alohida partiyalarda (turkumlarda) olib kelinadi. Partiya-bu bir vaqtda tayyorlangan, bir hujjat va sifat guvohnomasi bilan keltirilgan bir turdagi va navdagi un miqdoridir. Tegirmonning laboratoriyasida rasmiylashtirilgan sifat guvohnomasida (sertifikatida) unning turi va navi, rangi, ta’mi, hidi, kuldorligi, kleyko- vinasining miqdori va sifati, metall aralashmalarining miqdori, namligi va boshqalar ko'rsatiladi. Un partiyasining sifat guvohnomasi korxonaning laboratoriyasiga topshiriladi va bu yerda unning ayrim sifat ko‘rsatkichlari nazorat uchun tekshiriladi. Korxonalarning ko‘pchiligida hozir un qopsiz usulda avtosisternalarda keltiriladi va unni qopsiz saqlash omborlarining bunkerlariga (siloslariga) joylanadi. Unni qopsiz saqlash yo‘lga qo‘yilma- 45 gan korxonalarda, un mato yoki polimer materiallardan tikilgan toza quruq qoplarda tashiladi va saqlanadi. Un qopsiz usulda ochiq yoki yopiq turdagi omborxonalarda saqlanadi. Yopiq turdagi omborxonalar alohida binolarda yoki korxonaning ishlab chiqarish binosining ichida joylashgan bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda unni bunkerlari (siloslari) bevosita korxona maydonida joylashgan ochiq turdagi omborxonalarda saqlash usuli keng tarqalgan (2.2-rasm). Bunday omborxona odatdagi qurilish binosiga ega emas. Un omborxonalarga ikki sisternali un tashuvchi avtomashinalarda olib kelinadi. Sisternalarning umumiy sig'imi 14,5 m3 ni, unning massasi esa 8 tonnani tashkil qiladi. Sisternalardan un avtomatik ravishda bo‘shatiladi. Buning uchun sisternaning pastki qismida joylashgan quvurchaga kompressordan 150 kPa bosimga ega siqilgan havo beriladi. Quvurlar orqali un-havo aralashmasi kerakli bunkerga yuboriladi. Har bir unning navi uchun alohida (iloji bo‘lganda ikkita) bunker o‘rnatiladi. Bunkerga tushgan aralashmadan ajralgan havo matoli filtr orqali tashqariga chiqariladi. Un esa bunkerga tushadi. Un katta idishlarda saqlanganda zichlashadi, idishni bo‘shatishga to‘s- qinlik qiluvchi to‘plamlar hosil qiladi. Unning bo‘shatilishini tezlashtirish uchun silosning tubi siqilgan havo yordamida aeratsiyalanadi. Unni, ayniqsa, yangi tortilgan unni saqlash davomida, uning sifatini o‘zgartiruvchi jarayonlar sodir bo‘ladi. Yangi tortil- Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling