Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet260/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

333


5-§. YANGI MEVA VA SABZAVOTLAR




Meva va rezavorlar inson oziqasida va sanoatda qayta ishlash uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning oziqaviy qiymatini tarkibidagi uglevodlar, organik kislotalar, azotli va oshlovchi moddalar miqdori belgilaydi. Ovqatlanishda meva va rezavorlar С, P kabi vitaminlar va A provitamini manbayi sifatida muhim ahamiyatga ega. Inson organizmi meva va rezavorlar bilan qon va to‘qimalarda ishqoriy-kislotaviy muvozanatni ta’minlaydigan ishqoriy metallarning asosiy massasini qabul qiladi. Meva va rezavorlar shifobaxsh xossalarga ham ega. Ularda selluloza, gemiselluloza, pektin moddalari mavjudligi sababli, organizm uchun oziqaviy tolalarning muhim va boy manbayi hisoblanadi. Yangi va qayta ishlangan meva-rezavorlar ovqatlanishda, turli konservalangan mahsulotlar tayyorlashda, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi.
Yangi mevalar. Yangi mevalar tuzilishiga ko‘ra urug‘li, danakli, rezavorlar, sitrus mevalar va boshqa guruhlarga bo'linadi.
Urug'li mevalar.
Ular po'choqdan meva mag‘zidan va uruglar joylashgan besh uyali urug‘ xonasidan iborat. Bu guruhga olma, nok va behi kiradi.
Olma eng ko‘p tarqalgan urug‘li meva hisoblanadi. Olma tarkibida 9% gacha qandlar (fruktoza katta miqdorni tashkil qiladi), 0,2-0,7% organik kislotalar (asosan, olma kislotasi), 1,5% gacha pektin moddalar va 5-40 % С vitamini, shuning bilan birga azotli va mineral moddalar mavjud. Olmaning pektin moddalari jelelovchi xossaga ega bo‘lib, undan marmelad, pastila, zefir, jele va konservalangan mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi. Olma pishib yetilishi vaqtiga qarab yozgi, kuzgi va qishki navlarga bo'linadi.
Yozgi olma navlari-iyul, avgust oylarida pishadi va 2-3 hafta saqlanadi. Quyidagi olma navlari eng ko‘p tarqalgan:
Grushovka moskovskaya-mevasi yapasqi, noksimon, qizil yo‘llari bor, och yashil. Eti oq, yumshoq, mazasi qimizak bo‘ladi.
Beliy naliv-mevasi konussimon dumaloq, o‘rtacha kattalikda, rangi och malla. Eti sersuv, vinosimon nordon ta’mli bo‘ladi.
Papirovka-mevasi o‘rtacha kattalikda, konussimon dumaloq, och sariq. Eti oq, yumshoq, ta’mi vinosimon nordon.
Kuzgi olma navlari: avgust oyining oxiridan oktabr oxirigacha pishadi, uzilganidan 10-20 kun keyin yeyishga yaroqli bo‘lib yetiladi. Kuzgi olmalar 1,5-3 oy saqlanadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling