Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet261/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

334




Dolchin hidli yoi-yoi olma-mevasi o‘rtacha kattalikda, yapasqi- dumaloq, rangi jigarrang yoilari bor och-sariq yoki tillarang bo‘ladi. Eti sersuv, nozik, xushbo'y, qimizak.
Kuzgi yo‘l-yo‘l olma (Shtreyfling)-mevasi yirik, konussimon, sersuv, ozgina nordonligi bor shirin.
Antonovka olti yuz grammli olma—bu Michurin navi. Mevasi yirik, yapasqi-dumaloq yoki keng konussimon, qirrali, och sariq rangli.
Borovinka-mevasi o‘rtacha kattalikda, yapasqi-dumaloq, qizil yoili yashilroq sariq. Eti sargish, sersuv, xushbo'y, qimizak.
Qishki olma navlari uzilgandan keyin saqlanish jarayonida yeyishga yaroqli boiib yetiladi va bir necha oygacha, ayrim navlari esa ko'klamgacha saqlanishi mumkin.
Oddiy Antonovka-mevasi yirik, konussimon oval yoki konussimon dumaloq, qirrali, sariq. Eti oq, sersuv, qimizak, xushbo‘y bo'ladi.
Parmen zimniy zolotoy-mevasi o‘rtacha, dumaloq, tillasimon sariq, qizil yo‘llari bor. Eti sersuv, xushbo‘y, vinosimon shirin.
Oq rozmarin-mevasi o'rtacha, shakli tuxumsimon, och-sariq. Eti oq, sersuv, qimizak, juda xushbo‘y, ta’mi a’lo darajada bo‘ladi.
Kalvil snejniy-mevasi yirik, konussimon yumaloq, qirrali, och-sariq. Eti nozik, qimizak, xushbo‘y.
Renet shampanskiy-mevasi o‘rtacha, yapasqi dumaloq, och-sariq. Eti sersuv, qimizak, ta’mi yaxshi.
Renet Semerenko-mevasi o‘rtacha yoki yirik, konussimon dumaloq, yashilroq, po‘sti tagida oq mayda-mayda nuqtalari bor. Eti sersuv, qumoq, qimizak, xushbo'y, ta’mi a’lo darajada boiadi.
Jonatan-mevasi o'rtacha kattalikda, konussimon dumaloq, och sariq, yarqiragan qizil rangli. Eti nozik, sersuv, xushbo‘y, vinosimon shirin, ta’mi yaxshi.
No
к I a r. Shirin ta’mga ega, tez pishib yetiladi, mag‘zi nozik boiadi. Yetilgan mevalar tarkibida 10-13% qandlar, olmadan farqli ravishda kam miqdorda kislotalar, oshlovchi va pektin moddalar mavjud. Bu noklarning shirin mazasining yuqori seziluvchanligi bilan asoslanadi. Pishib yetilish vaqtiga qarab noklar ham yozgi, kuzgi va qishki navlarga boiinadi.
Yozgi navlarga: Bessemyanka, Limonka, Ilinka, Vilyams, letniy va boshqalar kiradi. Bu navlar iyul—avgust oylarida pishadi, 3 haftagacha saqlanadi.
Kuzgi nav noklar uzishga yetilganlik bosqichida (ta’m xususiyatlari yuzaga kelmay turib) avgust-sentabr oylarida uziladi va ikki oygacha



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling