Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet264/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

338


Mandarin yuqori sovuqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida 9% gacha qandlar, 1 % ga yaqin kislotalar, vitamin С (40 mg%),


В,, B2, PP vitaminlari mavjud.
Ape Is in Iar mandarinlardan farq qilib, o‘lchami katta, po‘chog‘i mag‘ziga zichroq yopishgan bo‘lib, tarkibida 60 mg% gacha С vitamini mavjud.
Limonlar oval yoki tuxumsimon shaklga va 40 dan 200 g gacha va undan yuqori massaga ega. Ularning tarkibida qandlar kamroq, ammo kislotalar (5 %) va С vitamini (65 mg % gacha) ko‘p bo‘lib, asosan, mag‘ziga zich yopishgan po‘stlog‘ida to'plangan. Shuning uchun mevalar po‘chog‘i bilan birgalikda sukatlar tayyorlashda ishlatiladi. Mag‘zidan esa masalliqlar tayyorlash uchun qo‘llaniladigan pyurelar va pripaslar ishlab chiqariladi.
Yangi meva va rezavorlar uzoq vaqt davomida maxsus omborxo­nalarda saqlanadi. Saqlash rejimi havoning ma’lum harorati va nisbiy namligini, muhitning gaz tarkibini nazarda tutadi.
Har bir meva va rezavorlar uchun saqlashning ma’lum bir muvofiq sharoitlari mavjud. Ko'pchilik meva va rezavorlar uchun havoning 0°C harorati va 85-90% nisbiy namligi muvofiq hisoblanadi.
Yangi meva va rezavorlarning tarkibida 85-90 % atrofida suv mavjud. Shu tufayli ular saqlasbga chidamsizdir. Buni inobatga olib yangi meva va rezavorlarni qayta ishlab, oziq-ovqat sanoati uchun zarur bo‘lgan yarimtayyor mahsulotlar tayyorlanadi.
Uzumni hajmi 7 kg gacha bo'lgan lotok-yashiklarga, yertut bilan malina hajmi 3 kg gacha bo'lgan savatlarga, smorodina bilan krijovnik hajmi 8 kg gacha bo'lgan g'alvirlarga yoki savatlarga, brusnika bilan klukva hajmi 200 litrli bochkalarga yoki hajmi 60 kg li savatlarga joylanadi.
Rezavorlar 0 °C va nisbiy namligi 85-90 % bo'lgan havoda saqlanadi. Saqlashning davomiyligi rezavorning naviga bog'liq.
Yangi sabzavotlar. Sabzavotlar o'simlikning qaysi qismi ovqatga ishlatilishiga qarab tasniflanadi. Ular vegetativ va mevali guruhlarga bo'linadi.
Vegetativ guruhda o'simlikning ildizi, tuganak mevasi, bargi, poyasi, piyozboshi va boshqalar ovqatga ishlatiladi. Bu guruh sabzavotlari quyidagi kichik guruhlarga bo'linadi:

  • tuganak mevali o'simliklar-kartoshka, batat, topinambur;

  • ildizmevali o'simliklar—sabzi, lavlagi, rediska, turp, sholg'om, oq ildizli ko'katlar, xren;



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling