Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet267/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

341




Ildizmevalari orasida yorilganlari, singanlari, shakli qiyshiqlari, bargi noto‘g‘ri qirqilganlari 5 % dan ortiq boimasligi kerak. Eng katta ko‘ndalang kesimining diametri 5 sm dan 14 sm
gacha. Ildizmevasiga yopishib qolgan tuproq 1 % dan oshmasligi kerak.
Sabzi. Xo'raki sabzining ta’mi yaxshi, tarkibida hazmi yengil qand moddalari (6%), azotli moddalar (1,3%), A provitamini (karotin), vitaminlar (С, В,, B2, B6, PP, E), mineral moddalar (natriy, kaliy, temir) boiadi. Sabzida davolik xususiyatlari ham bor, u yurak-qon tomir sistemasiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, kamqon odamlarga foydasi bor. Sabzining o‘zagi kichkina, sersuv va nozik etining rangi yarqiragan navlari eng yaxshi hisoblanadi. Ildizmevasi urchuqsimon cho‘ziq, uzunligi 20-45 sm li navi Valeriya deb ataladi.
Sabzining ildizmevasi yangi, butun, toza, shakli bir tekis, bandining uzunligi ko‘pi bilan 20 sm boiishi kerak. Ildizmevasining eng katta ko‘ndalang kesimidagi diametri 2,5 sm dan 6 sm gacha. Bir to'plam standart sabzi orasida 10% gachasi belgilab qo‘yilgan kattaliklardan 0,5 sm farq qilishi mumkin. Sabziga yopishgan tuproq 1 % dan oshmasligi kerak.
Oq ildizli ko'katlar. Petrushka, pasternak, selderey va xren oq ildizli ko‘katlarga kiradi. Ular tarkibida qand (6,5-9,4%), С vitamini, efir moyi ko‘p miqdorda, hidi xushbo‘y boiadi.
Petrushkaning ildizi ham, bargi ham iste’mol qilinadi. Petrushka ildizi tarkibida efir moyi, bargi tarkibida esa С vitamini bor. Yangi va quritilgan petrushka ziravor tarzda ovqatlarga, konserva qilishda, tuzlamalarda, marinadlarda ishlatiladi. Petrushkaning eng yaxshisi-shirin Gribovskiy navi. Petrushkaning ildizi yangi, toza sogiom, butun, bargsiz boiishi kerak.
Pasterna&ning shakli dumaloq konussimon boiadi. Oq rangli, go‘shtdor, boiiq ildizi tarkibida pektinli moddalar, С vitamini bor, uning hidi efir moyi borligi uchun (3% gacha) yoqimli, o‘ziga hos xushbo'y, ta’mi shirinroq. Pasternak ildizi oshpazlikda ziravor sifatida, konserva qilishda ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan navlari: Student, ertagi Dumaloq. Ildizmevasi yangi, toza, sogiom, bargsiz boiishi, shakli qiyshiq boimasligi kerak. Pasternakning cho‘zinchoq shakldagi ildizmevasining eng katta diametridagi oichami kamida 2 sm, dumaloq shakldagisining diametri esa kamida 3 sm boiishi kerak.
Selderey oq ildizli ko'katlarning eng mayini va eng xushbo‘yi. Selderey ildiz, barg, poya tarzida yetishtiriladi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling