Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet266/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

340




-30 mm (cho‘ziqroq shaklida -25 mm), kechki kartoshkada yetishtirilgan rayoniga qarab 36-45 mm (cho'ziqroq shaklida kamida 30 mm).
Tuganaklarga yopishib qolgan tuproq 1 % dan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mexanik zarar yetkazilishi ham, shuningdek, qishloq xo'jalik zararkunandalari, kasalliklar zarar yetkazishi ham kartoshka sifatiga ta’sir qiladi.
Topinambur.
Bu ko‘p yillik serhosil ekin. Tuganaklari yuzasida yirik do‘ng ko'zlari bor ovalsimon, urchuqsimon, uzunchoq bo'ladi. Tuganaklarining rangi sarg‘ish-oq, pushti, qizil, binafsha rang. Eti oq sersuv, shirinroq. Topinambur tarkibida: inulin-20% gacha, saxaroza -5% gacha va azotli moddalar 3% gacha bo‘ladi. Topinambur qovurilgan tarzda iste’mol qilinadi, uni mollarga oziqa sifatida, inulin va spirt olishga ishlatiladi. Uni kuzda yoki bahorda yig‘ib olinadi, chunki tuganaklari ozroq sovuqqa chidamli bo'lib, qazilmay, qishda tuproqda qolib ketsa ham boTaveradi.
В at at. Uning shakli va rangi har xil, o‘sib ketgan yon ildizlari ovqatga ishlatiladi: kattaligiga qarab batat kartoshkadan yirikroq bo‘ladi. Batatning tarkibida: qandlar -6% gacha, kraxmal -20% gacha, oqsillar -2% gacha bo‘ladi. Quruq etli (shirinmas) navlari suyuq ovqatlar tayyorlashga, sersuv (shirin) navlari esa quyuq ovqatlar pishirishga ishlatiladi.
Ildizmevali o'simliklar. Yo‘g‘onlashgan ildizi ovqatga ishlatiladigan sabzavotlar ildizmevali o‘simliklarga kiradi.
Lavlagi. Ildizmevali boshqa o‘simliklarga nisbatan xo'raki lavlagining oziqlik qimmati yuqori bo‘ladi. Uning tarkibida qand (9% saxaroza), azotli moddalar (1,7%), mineral moddalar (1%), kaliy tuzlari, kalsiy, magniy, fosfor, temir va kobalt tuzlari tarzida juda ko‘p bo‘ladi. Lavlagida С, В,, B2, PP, P vitaminlari bor. Uning davolash xususiyatlari bor: u ichaklar faoliyatini yaxshilaydi, aterosklerozning oldini oladi va modda almashinuvini tartibga solib turadi. Kesimida eti oq rangli va oq halqalari kam, shakli yassiroq dumaloq, o‘rtacha kattalikdagilarining oshbop xususiyatlari eng yaxshi bo'ladi.
Xo'raki lavlagining eng yaxshi ro‘zg‘orbop-botanik navlari: Bordo, Misiriy, Nesravnenniy, Gribovskiy. Bordo-etida halqasi yo‘q, to'q qizil eng yaxshi navlardan biri, Nesravnenniyning eti mayin, rangi to'q, a’lo darajada mazali.
Lavlagining ildizmevasi, yangi, toza, butun, ho'l tegmagan bo'lishi kerak. Uzilganda o'zida qolgan bandining uzunligi ko'pi bilan 2 sm.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling