Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
349
Какао dukkaklari. Какао dukkaklari -tropik mamlakatlarda (Afrika, Amerika, Hind va Tinch okeani orollarida) yetishtiriladigan какао daraxtining (Thebroma cacao) urug‘idan maxsus ishlov berish va quritish natijasida olinadi. Какао dukkaklari Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlari Braziliya, Venesuela, Peru, Ekvador, Trinidal va Tabago, Kuba, Grenada va boshqalarda yetishtiriladi. Osiyo va Okeaniya davlatlaridan Papua, Yangi Gveniya, G'arbiy Samoa, Shri- Lanka, Indoneziya, Filippin va boshqalarda какао dukkaklari nisbatan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yetishtiriladi. Yetishtirilgan joyiga qarab какао dukkaklari uch guruhga boiinadi: Amerika, Afrika va Osiyo какао dukkaklari. Tovar navlarining nomi ularning yetishtirish rayoniga, davlatiga yoki chiqarish portiga (Gana, Nigeriya, Kamerun, Ekvador, Bayya, Trinidad va boshqalar) mos keladi. Какао dukkaklari sifat belgilari bo‘yicha ikki guruhga boiinadi: oliy sifatli (navli) va o‘rta sifatli (iste’molbop). Oliy sifatli «Kriollo» deb ataluvchi какао dukkaklari asosiy hisoblanib, uning daraxtlari iqlim sharoitiga juda talabchan, hosildorligi past, lekin sifati juda yuqori. Ular juda yoqimli, nafis, xushbo'y hidga ega. Bunday какао dukkaklariga quyidagi navlar misol boia oladi: Yava, Arriba, Venesuela, Grenada, Seylon, Ekvador. Bu navlarning har biri o'ziga xos xushbo'sh hidga ega. 0‘rta sifatli «Furostero» deb ataluvchi какао dukkaklarining daraxtlari juda hosildor, lekin dukkaklarining sifati ancha past. Какао dukkaklarining hidi ancha qo‘pol va ta’mi taxir. Bularga Akkra, Baya, Kamerun, Kongo kabi navlar misol boia oladi. Какао daraxtining balandligi 15 m ga yetadi. Какао daraxtlari harorati 22-26 °C boigan iliq nam iqlimni talab qiladi. Какао daraxtining pishgan mevasi sariq-qizgish rangda boiib, shakli ovalsimon (11.1-rasm). Har qaysi mevasining massasi 300-500 g atrofida, uzunligi 15-30 sm, diametri 6-8 sm ga teng. Yuqori qismi qattiq po'stloq bilan qoplangan. Ichki qismida qizgish-sariq 11.1-rasm. Какао mevasi va dukkaklari. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling