Forpresslash - dastlabki presslash (siqish).
Gomogenlash - mahsulot tarkibini bir jinsli holatga keltirish.
Granula - lotincha granulum so'zidan olingan bo'lib, «donacha» ma’nosini anglatadi.
390
Jele - yarimqattiq, egiluvchan, qirqimi yaltiroq yuzaga ega mahsulot.
Jelelovchi moddalar-jelesimon tuzilishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llaniladigan pektin, agar, agaroid, furselaran, jelatin va boshqalar.
Какао dukkaklari — tropik mamlakatlarda yetishtiriladigan какао daraxtining (Thebroma cacao) urug'idan maxsus ishlov berish va quritish yo'li bilan olingan dukkaklar.
Kalla-pocha mahsulotlari-so'yilgan hayvonlarning kalla-pochasi va ichki a'zolari (ayrim adabiyotlarda submahsulotlar iborasi ham uchraydi).
Karamelizatsiya - saxarozadan yuqori haroratlarda to'q jigarrang mahsulotlarning hosil bo'lishi.
Karbonizatsiya - pivo va boshqa ichimliklarni uglerod dioksidi (C02 gazi) bilan to'yintirish jarayoni.
Kimyoviy yetiltiruvchilar - unli qandolat mahsulotlarini tayyorlashda qo'llaniladigan kimyoviy birikmalar (Na2C03, (NHJjCOj va boshqalar) bo'lib, issiqlik ta’sirida parchalanishi natijasida gazsimon moddalar (C02, NH3) hosil qiladi, bular esa xamir mahsulotni g'ovaklantirishni ta’minlaydi.
Konditsion mahsulot-standart talablariga mos keladigan mahsulot.
Konsentrat - maxsus ishlov berilgan va qo'llash uchun tayyor qilib qo'yilgan quruq mahsulot.
Konsentratsiyalash - ko'p hollarda mahsulot suvini bug'latib, uni quyultirilish ma'nosini anglatadi.
Kraxmal patokasi - kartoshka yoki makkajo'xori kraxmalini xlorid kislota, ba’zida amilolitik fermentlar yordamida chala gidrolizlanib tayyorlangan mahsulot.
Kunjara - yog'li urug'lar, какао dukkaklari va boshqa yog'li o'simliklardan presslash yo'li bilan moyini olgandan keyin qolgan, ma’lum miqdorda yog' saqlovchi va turli shaklga ega ikkilamchi mahsulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |