Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet35/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

58




Dastlabki tindirish. Bug‘doy xamirini dumalatish va oxirgi shakl berish jarayonlari orasida dastlabki yoki oraliq tindirish bo‘lishi kerak. Dumalatilgan xamir bo‘laklari 5-8 minut oralig'ida osoyishta holatda bo‘lishi, ya’ni dam olishi lozim.

Xamirni bo‘laklash va dumalatish jarayonlarida ko‘rsatiladigan mexanik ta’sirlar natijasida ichki zo‘riqish yuzaga keladi va kleykovina strukturaviy karkasining qisman buzilishi kuzatiladi.
Dastlabki tindirish jarayonida xamirdagi ichki zo'riqish tarqalib ketadi va xamir strukturasidagi buzilgan zvenolar qisman tiklanadi. Bu tayyor mahsulotlar hajmining kattalashuvi va mag‘iz strukturasining yaxshilanishiga olib keladi.
Uzluksiz ishlaydigan xamirni bo'laklash jihozlari qatorlarida dastlabki tindirish uzluksiz ishlovchi lentali yoki zanjirli belanchakli tindirish shkaflarida amalga oshiriladi. Ba’zida dastlabki tindirish xamirni bo‘laklovchi mashinadan shakllantiruvchi mashinalarga olib boruvchi uzun lentali transportyorlarda yoki ishlab chiqarish stollarida amalga oshirilishi ham mumkin.
Xamir bo‘laklariga non turiga mos bo‘Igan shaklni berish. Dastlabki tindirishdan keyin xamir bo‘laklariga non turiga mos bo‘lgan shakl beriladi. Masalan, oddiy batonlarni tayyorlash uchun dumaloq xamirga uchlari to‘mtoq boigan silindrsimon shakl berish kerak. Shahar bulkalarini tayyorlash uchun xamir bo‘laklariga uchlari o'tkir, o'rtasi kalta silindrsimon shakl berish lozim.
Xamir bo'laklariga silindrsimon shakl berish toblash mashinalarida amalga oshiriladi.
Dumalatilgan xamir bo‘laklariga dastlabki tindirishdan keyin shakl berish uchun turli rusumdagi toblash mashinalari qo‘llaniladi.
Xamir boiaklariga toblash mashinasi yordamida ishlov berish quyidagi texnologik afzalliklarga ega:

  • xamirni vallar yordamida yoyish gaz pufakchalarini bir xilda tarqalishiga yordam berib, mahsulot g'ovakligi strukturasini yax- shilaydi;

  • o'ralgan xamirni toblash va shakl berish natijasida tindirish vaqtida uglerod ikki oksidini saqlab turuvchi qavat hosil bo‘ladi.

Xamir bo‘laklariga shakl berish rejimlarining buzilishi turli xil sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Xamirning mashina ishchi organlariga yopishib qolishi xamir konsistensiyasining zaifligi yoki xamirning yopishishining oldini olish choralari ko'rilmaganligidan yuzaga keladi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling