Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xamir zuvalalarini oxirgi tindirish
59
Xamir boiaklarini noto‘g‘ri joylashtirish yoki shakl beruvchi taxtaning qiyshiq boiishi mahsulotlarning deformatsiyalanishiga olib keladi. Toblovchi valoklar orasidagi masofaning katta boiishi mahsulotga yetarlicha ishlov berilmasligiga va magizda bo‘shliqlar yuzaga kelishiga sabab boiadi. Javdar va javdar-bug‘doy xamirlarini toblash mashinasi ikkita cheksiz harakatlanuvchi transportyor lentalaridan iborat. Pastki lentaning harakat tezligi yuqoridagi lentanikidan katta boiadi. Yuqorigi va pastki lentali transportyorlar oralig‘idagi tirqishdan o‘tishda xamir boiaklari ilgarlanma- aylanma harakat qiladi va yuzasi silliqroq va to‘g‘riroq boiadi. Xamir toblash mashinalaridan tashqari yana maxsus turdagi mahsulot- larga shakl berish uchun moijallangan mashinalar (non qalamchalariga shakl beruvchi, shoxchalarga shakl beruvchi va boshqalar) ham mavjud. Xamir zuvalalarini oxirgi tindirish, Xamir boiaklariga shakl berishda ulardan uglerod ikki oksidi gazi butunlay siqib chiqariladi. Agar shakl berilgan xamir zuvalalari birdaniga pechga qo‘yilsa, zich, yomon g‘ovakli yoki g‘ovaklanmagan magizga ega, qobigida yoriqlar boigan non hosil boiadi. Mag‘zi yaxshi g‘ovaklangan non tayyorlash uchun shakl berilgan xamir zuvalalari oxirgi tindirishga yuboriladi. Dastlabki tindirishdan o‘tgan bug'doy xamiri zuvalalari uchun bu ikkinchi, oxirgi tindirish boisa, javdar xamiri mahsulotlari uchun bu birinchi va shu bilan oxirgi tindirish boiadi. Oxirgi tindirish jarayonida xamir boiaklarida bijgish davom etadi. Bunda ajralib chiqqan uglerod ikki oksidi xamirni g‘ovaklantirib, hajmini oshiradi. Boshlangich tindirishdan farqli ravishda oxirgi tindirish maium haroratdagi (35 °C atrofida) va maium nisbiy namlikdagi (75-85%) havo muhitida amalga oshirilishi lozim. Havo haroratining oshirilishi tindirilayotgan xamir boiaklarining bijgishini tezlashtiradi. Havo nisbiy namligining yuqori boiishi esa xamir zuvalalari yuzasini qurib qolishdan saqlaydi. Yetarli boimagan tindirish bilan birga keragidan ortiq tindirish ham non sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shakl berilgan xamir zuvalalarining tindirish davomiyligi ularning massasi, tindirish sharoitlari, xamir retsepturasi, unning xossalari va boshqa omillarga ko‘ra keng chegaralarda (25 dan 120 minutgacha) tebranib turadi. Havo haroratini 80-85% nisbiy namlikda 30 dan 40 °C gacha oshirish tindirish davomiyligini 23-25 % ga qisqartiradi. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling