Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


§. NON MAHSULOTLARI ASSORTIMENTI


Download 462.71 Kb.
bet44/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

§. NON MAHSULOTLARI ASSORTIMENTI

Novvoylik sanoati mahsulotlari assortimenti non, non-bulka, shirmoy, teshikkulcha va qoqnon mahsulotlari, shular bilan birga mahalliy va davolash parhezbop non mahsulotlarining turlari va navlaridan iborat. Non- bulka mahsulotlarining assortimenti bir necha yuz navlarni qamrab oladi.

Javdar rtoni jaydari, sidirma va elangan javdar unlaridan, javdar va bug‘doy uni aralashmasidan, turli qo‘shimchalar qo‘shib va qo‘shmasdan qolipli yoki tagdonli, asosan, donalab sotiladigan holda ishlab chiqariladi.
Bug'doy noniga qolipda yoki tagdonda pishirilgan, asosan, donalab sotiladigan, jaydari, «0‘zbekiston», I, II va oliy navli bug'doy unlaridan massasi 500 g va undan yuqori boigan nonlar kiradi.
Bulka mahsulotlariga oliy va birinchi navli bug‘doy unlaridan tayyorlanadigan batonlar, bulkalar, saykalar, o‘ramalar, taqasimon, kalach ko‘rinishidagi massasi 500 g va undan kam boigan retsepturasida 100 kg unga nisbatan 7 % dan kam yog‘ va shakar qo‘shilgan mahsulotlar kiradi.
Shirmoy non-bulka mahsulotlariga retsepturasida 100 kg unga nis­batan 7% dan ko‘p yog‘ va shakar mavjud boigan non-bulka mahsu­lotlarining barcha turlari kiradi.
Teshikkulcha mahsulotlari yumaloq yoki ovalsimon shaklda boiadi. Teshikkulcha mahsulotlari guruhiga bubliklar, barankalar va sushkalar kiradi.
Sushkalar kichik ingichka (donasi 6,7-11,8 g), namligi 9-13%, baran­kalar biroz kattaroq (25-40 g), namligi (14-19%), bubliklar ulardan ham kattaroq (50-100 g) namligi 22-27% dan yuqori boimagan mahsulotlardir.
Oddiy qoqnonlar odatda boiaklarga kesilib 10% namlikkacha quritilgan javdar yoki javdar-bug'doy nonidan tayyorlangan uzoq muddatli saqlashga moijallangan, har qanday ob-havo sharoitlarida iste’molga yaroqli non mahsulotlari.
Shirmoy qoqnonlar yoqimli ta’m va xushbo'ylikka ega, asosan, choy va kofe bilan iste’mol qilinadi. Namligi kam boiganligi uchun ularni uzoq vaqt saqlash mumkin. Shirmoy qoqnonlar navli bug‘doy unidan



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling