Novvoylik pechlari. Nonni pishirish novvoylik pechlarida amalga
oshiriladi. Aksariyat novvoylik pechlari berk (tupiksimon) yoki tunnelli
pishirish kamerasiga ega. Berk pishirish kamerali pechlarda xamir
zuvalalarini qo‘yish va tayyor mahsulotni pechdan tushirish bitta darcha
orqali amalga oshiriladi.
Tunnelli pishirish kamerasiga ega boigan pechlarda xamir
zuvalalarini qo‘yish bir tomondan, tayyor mahsulotni tushirish esa teskari
tomondan amalga oshiriladi.
Novvoylik sanoatida kanalli pechlar keng qo'llaniladi. Pechlardagi
yonish gazlarini o'tkazish yo‘llari-kanallar deyiladi. Ularning
devorlari orqali issiqlik pishirish kamerasiga uzatiladi. Suv-bug‘li
va kombinatsiyalashtirilgan usulda qizdiriladigan pechlarda issiqlik
almashinish qurilmalari sifatida
suv-bugii isitish quvurlari—Perkins
quvurlari keng qo‘llaniladi. Bunda
bosimi 10 MPa boigan suv-bug‘
aralashmasi issiqlik tashuvchi
vazifasini bajaradi.
Elektr pechlarida turli shakldagi
va konstruksiyadagi naysimon elektr
qizdirgichlar (TENlar) qoilaniladi.
Kichik novvoyxonalarda non
pishirish. «Vinkler», «Ekmasan»
firmasining kompleks jihozlari bilan
jihozlangan kichik novvoyxonalarda
nonni pishirish elektr yoki gaz bilan
qizdiriladigan va bitta 20 tokchali
vagonetkani sig‘diradigan pechlarda
amalga oshiriladi (2.8-rasm). Pishirish
kamerasida bug‘-havo muhitining
65
Do'stlaringiz bilan baham: |