Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Novvoylik korxonalarida nonni saqlash va savdo tarmog‘iga yetkazib berish
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- §. NONNING CHIQISHI
Novvoylik korxonalarida nonni saqlash va savdo tarmog‘iga yetkazib berish. Novvoylik korxonalarida non pechdan chiqqanidan so‘ng, odatda, tasmali transportyor bilan konussimon yoki plastinkali aylanuvchi stolga keltiriladi. Stollardan non vagonetkalarning lotoklariga taxlanadi. Qo‘1 bilan tashiladigan bu vagonetkalarda non savdo tarmog‘iga yuborilgunga qadar saqlanadi. Jo‘natishdan oldin vagonetkalar noni bilan oichanadi va platformaga chiqarilib, lotoklar noni bilan birgalikda non tashishga moijallangan mashinalarga yuklanadi. Katta shaharlarda nonni konteynerlarda saqlash va savdo tarmogiga uzatish usuli qoilaniladi.
Non va non mahsulotlarini zamonaviy o‘rash materiallaridan foydalanib, mexanizatsiyalashtirilgan holda o‘rashni joriy qilishning kelajagi porloq hisoblanadi. Bu tadbirlar katta gigiyenik ahamiyatga ega boiib, pishirilgan nonning ochiq yuzasiga turli odamlar qoiining tegishi bartaraf etiladi, nonning qurishini sekinlashtiradi, yangiligining saq- lanishiga yordam beradi. 67 Zamonaviy kichik novvoyxonalarda non uzoq muddat saqlanmasdan savdoga chiqariladi. Bu novvoyxonalarning ko‘pchiligi chiroyli bezatilgan «Issiq non» do‘konlariga ega. §. NONNING CHIQISHI Nonning chiqishi-bu tasdiqlangan retseptura bo'yicha qoilanilgan 100 kg undan va boshqa xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot miqdoridir. Nonning har bir navi uchun chiqish me’yorlari tasdiqlanadi. Non chiqishi qiymatini me’yoridan oshirish uning miqdorining ortishiga olib keladi, ya’ni rejadagi nonning chiqishini ta’minlab turib, unni tejash mumkin. Shuning uchun nonning chiqishi novvoylik sanoatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichi hisoblanadi, Nonning chiqishiga unning namligi va nonboplik xossalari, xamirning namligi, qo‘shimcha xomashyolarning miqdori, texnologik sarflar va yo‘qotishlarning miqdori, alohida texnologik omillar ta’sir qiladi. Nonning chiqishi maxsus yo‘riqnoma ko‘rsatmalariga rioya qilingan holda aniqlanadi. Nonning chiqishi xamirning chiqishi, yo‘qotishlar va texnologik sarflarning miqdorlariga bog‘liq boiib, quyidagi formula bilan aniqlanadi: Q =Q -(Y +Y +C... + C. +C +C +Y +Y ,+Y .), ^•n ^-x v un u.x.mex bij bo 1 p.s s.s ushoq dn ya.m.q.i/? bu yerda Qn-100kg un va retsepturada ko‘rsatilgan xomashyodan nonning chiqishi, kg; Q -100 kg undan xamirning chiqishi, kg. Texnologik sarflarga (S) quyidagilar kiradi: Sbj.-yarimtayyor mahsu- lotlarning (suyuq achitqilar, xamirturushlar, opara, xamir) bijg‘ishidagi quruq moddalarning sarflari, kg; Sbo.,-xamirni boiaklashga un sarfi, kg; Sps-xamir mahsulotlarini pishirishdagi sarflar, kg; Sss-nonni saqlashdagi sarflar, kg. Texnologik sarflardan qutulishning iloji yo‘q, chunki ularsiz qoni- qarli sifatga ega boigan mahsulot tayyorlab bo‘lmaydi. Shuning uchun kam miqdordagi texnologik sarflar bilan sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, asosiy vazifa hisoblanadi. Texnologik yo‘qotishlarga (Y) quyidagilar kiradi: Yun-yarimtayyor mahsulotlarni qorishdan oldingi un yo‘qotilishi, kg; Yuxmex-xamirni qorishdan pechkaga qo'yishgacha boigan vaqtdagi xamirning va unning mexanik yo‘qotilishi, kg; Yushoq-nonni qolipdan chiqarish va transportyor bilan non saqlash xonasiga tashish vaqtidagi ushoqlar ko'rinishidagi yo‘qotishlar, kg; Ydn-donali nonning massasidagi noaniqlikdan yuzaga 68
Yo‘qotishlar texnologik jihatdan keraksiz boiib, jihozlarning yoki ulardan foydalanishning talabga javob bermasligi tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun bu yo‘qotishlarni kamaytirish, iloji boisa bartaraf etish, texnologlarning vazifasi hisoblanadi. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling