Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet47/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

71




non mag‘zi qobig‘iga qaraganda mog‘orlaming rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Shuning uchun non mag'zining mog‘orlashi qobiqning yorilgan, nami qochmagan joylaridan boshlanadi.

Bir ikki sutka davomida saqlashda (uyda, savdo tarmog‘ida) nonning mog'orlashi kam uchraydi. Nonni uzoq vaqt davomida saqlaganda, uning mog‘orlashini oldini olishga zarurat paydo bo‘ladi. Uzoq muddat saqlanadigan non ekspeditsiya xodimlariga, geologlarga, o'rmonchilarga, kema ekipajlariga moijallangan boiadi.
Oddiy non mahsulotlari turlari uchun asosiy choralar bo‘lib non saqlash xonalari va ishlab chiqarish binolari havosining, non tashiladigan va saqlanadigan jihozlarning mog‘or sporalari bilan zararlanishini pasaytirish hisoblanadi. Buning uchun ishlab chiqarish va savdo tarmoqlari binolarining maksimal darajada tozaligini va shamollatilishini ta’minlash lozim. Tayyor mahsulotni tashishga va saqlashga moijallangan jihozlar yuvib dezinfeksiyalanishi kerak.
Nonning mog‘orlashini oldini olish yoki maium vaqtgacha undan saqlash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak:

  • xamirga kimyoviy konservantlar qo'shish. Buning uchun natriy yoki kalsiy propionatdan (0,3-0,4%) foydalanish eng ko‘p tarqalgan;

  • nonni issiqlikka bardoshli germetik nam o‘tkazmaydigan plyonkaga o‘rab, mag‘zi markazida harorat 85-90 °C ga yetgunicha qizdirish. Bu usul nonning bir necha oy davomida mog‘orlamasligiga yordam beradi;

  • nonning yuzasini 90% li spirt bilan sterilizatsiyalab, maxsus germetik mahkamlanadigan plyonka materiallarga, qutilarga joylash. Bu yo‘l bilan 2-6 hafta ichida nonning mog'orlashining oldini olish mumkin;

  • nonni sorbit kislotasi singdirilgan qog‘oz yoki plyonkaga o‘rab, germetik mahkamlash. Bu usul nonning 4-6 oy davomida mog‘orlamasdan saqlanishini ta’minlaydi.

Nonni juda uzoq muddat saqlash uchun xamirni maxsus tunuka bankalarda tindirish va pishirish, pishirishdan so‘ng birdaniga og‘zini mahkamlash kerak. Bunda pishirish vaqtida mahsulot va idishning termik sterilizatsiyalanishi sodir boiadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling