Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet52/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

76


ill bob. MAKARON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI




Makaron mahsulotlari-un va suvdan, ba’zida esa oqsilli boyituvchilar yoki ta’m beruvchi moddalar qo‘shib tayyorlangan oshpazlik yarimtayyor mahsuloti hisoblanadi.

Makaron mahsulotlari tez pishishi (qaynatish davomiyligi naviga qarab 3-20 minut), boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi moslashishi va oziqaviylik qiymatining yuqoriligi tufayli kundalik hayotda, umumiy ovqatlanishda va oziqaviy konsentratlar ishlab chiqarishda juda keng qoilaniladi. Namligi past (13%) boiganligi bois xossalarini o‘zgartirmas- dan bir yildan ortiq saqlanadi, tashishga chidamli.

  1. §. MAKARON MAHSULOTLARINING TASNIFI

Bug'doy turi va unning naviga ko‘ra makaron mahsulotlari A, B, V guruhlarga va 1, 2-sinflarga boiinadi: A guruhiga-qattiq bug‘doy unidan; В guruhiga-shaffofligi yuqori boigan yumshoq bug‘doy unidan; V guruhiga-yumshoq bug'doydan tortilgan novvoylik unidan tayyorlangan mahsulotlar; 1-sinfga-oliy navli undan; 2-sinfga-birinchi navli undan tayyorlangan mahsulotlar kiradi. Ta’m beruvchi va boyituvchi qo'shimchalar qo‘shib makaron mahsulotlari tayyorlanganda guruh va sinf ko'rsatkichlari yoniga mos qo'shimchaning nomi ham qo'shiladi, masalan, В guruh, 1-sinf, tuxumli, V guruh, 2-sinf, tomatli va hokazo. GOST 875 ga ko‘ra makaron mahsulotlari quyidagi tiplarga boiinadi: naysimon, ipsimon (vermishel), tasmasimon (ugra) va shakldor. 0‘z navbatida makaron mahsulotlarining tiplari xillarga (podtiplarga) va turlarga boiinadi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling