rasm. Shakldor mahsulotlar.
§. MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI
Makaron mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik sxemasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: xomashyoni saqlash va ishlab chiqarishga tayyorlash, xamir tayyorlash; mahsulotlarga shakl berish, ularni boiaklash; quritish, qadoqlash, joylash va saqlash.
Kalta qirqilgan makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik sxemasi 3.5-rasmda keltirilgan.
Un avtountashlagichlar bilan keltiriladi va qabul qilish taxtasi 6 dan material o'tkazuvchi quvur 7 orqali pnevmatik tashish usulida oichanadigan tenzometrik qurilmasiga ega siloslar 5 ga beriladi. Siloslar ventilator /, tebranadigan filtrlar 2, bo‘shatuvchi siklon 3 va havo o'tkazuvchi quvur
dan iborat aspiratsiya tizimi bilan ta’minlangan. Shnekli dozatorlar
yordamida turli siloslardagi unni har xil nisbatlarda shnek 19 bilan aralashtirish mumkin. Un elash mashinasi 18 dan o‘tgandan keyin rotorli ta’minlagich 16 dan ventilator 17 dan beriladigan havo yordamida aerozol ko'rinishida xamir qorish boiimiga yuboriladi va u yerda siklon 9 da havodan ajraladi va xamir aralashtirgich 11 ga tushadi. Shu yerning o‘ziga sarflovchi bak 12 dan dozator 10 yordamida emulsiya beriladi. Emulsiya aralashtirgich 14 da tayyorlanadi, u yerdan nasos 13 bilan sarflovchi bakka tortiladi. Suv aralashtirgichga termoregulator 15 orqali beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |