Holvaning turlari va ularning tavsifi.
Holva ishlab chiqarishda qo'llaniladigan xomashyolarning tavsifi.
Holva ishlab chiqarish bosqichlarining tavsifi.
Sharq shirinliklari va milliy qandolat mahsulotlarining tavsifi.
Pecheniyning turlari va ishlab chiqarish texnologik sxemasi.
Praniklarning turlari va ishlab chiqarish texnologik sxemasi.
Tort va pirojniylarning tasnifi va tavsifi.
Tort va pirojniylarning asosiy yarimtayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi.
Tort va pirojniylarni bezovchi yarimtayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi.
4-tajriba ishi
Mavzu. Qandolatchilik mahsulotlari assortimentini o'rganish hamda sifatini aniqlash.
Maqsad. Qandolatchilik mahsulotlari turlari, xillari va navlari bilan tanishish, karamel misolida ularning sifatini aniqlash bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish.
Mazmuni. Standartlar, ma’lumotnomalar, uslubiy ko'rsatmalardan foydalanib qandolatchilik mahsulotlari assortimentini o'rganish, laboratoriya asbob va uskunalarini qo'llab, karamel misolida ularning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash va xulosa chiqarish.
136
V bob. O'SIMLIK MOYLARI VA YOG'LAR TEXNOLOGIYASI
Yog‘-moy sanoati oziq-ovqat sanoatining juda murakkab strukturali muhim tarmoqlaridan biridir. Uning tarkibiga moyli xomashyodan o‘simlik moylari va yog‘lar ishlab chiqaradigan yog‘-moy ekstraksiyalash zavodlari, suyuq moylarni to‘yintirib qattiq yog‘ mahsulotlariga (salomaslar) aylantiradigan gidrogenizatsiya zavodlari, yog‘-moylarning xossalarini o'zgartirib, omixtalash (qayta eterifikatsiyalash) korxonalari, margarinlar, mayonezlar va maxsus kulinariya yog‘lari ishlab chiqaruvchi zavodlar, sovunlar, glitserin va yog‘ kislotalari ishlab chiqaruvchi sovun zavodlari, sun’iy yuvish vositalari va oziqabop sirt-faol moddalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, yog‘sizlantirilgan moyli urugiardan oziqabop oqsillar ishlab chiqarish korxonalari kiradi.
Xalq xo‘jaligida qoilaniladigan yog‘ va moylar orasida ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha o‘simlik moylari yetakchi o‘rinni egallaydi va dunyoda ishlab chiqariladigan yog‘-moy mahsulotlarining 80% dan ortig‘ini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |