Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet100/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

133




Qaynatma yarimtayyor mahsulotning o‘ziga xosligi shundaki, uni pishirish jarayonida ichida bo‘shliq hosil bo‘ladi, keyinchalik bu bo‘shliq krem bilan to‘ldiriladi. Yarimtayyor mahsulot ko‘pincha pirojniy tayyorlashda qo‘llaniladi. Xamir yetiltiruvchilarsiz va shakarsiz, ammo ko‘p miqdorda melanj qo‘shib tayyorlanadi. Namligi 53 % atrofida boMganligiga qaramasdan, xamir katta qovushqoqlikka ega boiib, yoyilib ketmaydi. Xamirni darhol yog‘langan taxtalarga qo‘ndirib, shakl beriladi. Pishirishning muvofiq harorati 200 °C ga yaqin, davomiyligi 35 minut.

Bezovchi yarimtayyor mahsulotlar, asosiy yarimtayyor mahsulot­larning ta’mi va hidini yaxshilash, ularning jozibador tashqi ko‘rinishini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Bezovchi yarimtayyor mahsulotlar sifatida kremlar, meva-rezavor masalliqlar, sirlar, jele, pomadalar, qiyomlar, sukatlar va shunga o‘xshashlar qo‘llaniladi.
Kremlar asosiy bezovchi yarimtayyor mahsulot hisoblanadi. Kremlar yuqori oziqaviy qiymatga ega, mayda havo pufakchalari bilan to‘yingan ko‘pchitilgan, ko‘piksimon massadir. Ular plastik xossaga ega bo‘lishi, ya’ni pirojniy va tortlar yuzasini bezashda berilgan turli shakllarni saqlab qolishi kerak. Kremlar sariyog‘, tuxum, shakar, какао kukuni, yong‘oqlar, konyak kabi yuqori sifatli xomashyoni kuvlovchi mashinalarda kuvlash yo'li bilan olinadi. Yog‘li va havoli kremlar keng tarqalgan. Yog‘li krem sariyog‘ni shakar-sut qiyomi va tuxumni kuvlash yoki shakar kukunini sariyog‘ bilan kuvlash yo‘li bilan tayyorlanadi.
Pishirilgan yarimtayyor mahsulotlarni bezash jarayonini uchta alohida bosqichga bo‘lish mumkin: pishirilgan yarimtayyor mahsulotlarni tayyorlash, bezovchi yarimtayyor mahsulotlar bilan qatlam hosil qilish, yuqori yuzasini bezash. Pishirilgan yarimtayyor mahsulot yuzasining deformatsiyalangan va kuygan joylari tozalanadi va ularga shakl beriladi. Biskvit kabi tayyor mahsulotlar bir necha qatlamlarga kesiladi. Qavatlarni hosil qilish uchun kremlar va meva masalliqlari qo‘llaniladi. Qaynatma pirojniylarning bo‘shlig‘i krem bilan to‘ldiriladi. Pirojniy va tortlarni bezash jarayoni hozircha yuqori malakali ustalar tomonidan qo‘lda bajariladi. Ayrim turdagi tortlarni bezash maxsus avtomatlar yordamida amalga oshiriladi.
Tortlar badiiy bezatilgan karton qutichalarga joylanadi. Qutilar ipak yoki ip-gazlamadan tayyorlangan rangli tasmalar bilan bog‘lanadi. Pirojniy lotoklarga bir qator qilib teriladi. Lotoklar va listlarga pergament yoyiladi, lotoklar zichlab qopqoqlar bilan yopiladi.
Pirojniy va tortlar tez buziluvchi mahsulotlar hisoblanadi, shuning uchun sovitgichlarda 0-6 °C haroratda saqlanishi kerak. Vaflili tortlar



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling