134
18 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda va havoning nisbiy namligi 70-75% bo'lgan sharoitda saqlanishi kerak. Bunday sharoitlarga rioya qilingan holda qaynatma kremli tortlarning yaroqlilik muddati 6 soat, oqsilli- kuvlangan kremli tortlarniki-72 soat. Shokoladli-vaflili tortlar ko‘pi bilan 15 sutka, pralineli va yog‘ masalliqli tortlar 1 oygacha saqlanadi.
Tayanch iboralar: Karamel, marmelad, pastila, zefir, shokolad, какао kukuni, konfet mahsulotlari, holva, sharq shirinliklari, milliy qandolat mahsulotlari, pecheniy, galet, krekerlar, praniklar, vafli, tortlar, pirojniylar.
NAZORAT SAVOLLARI
Karamel tayyorlash texnologik sxemasi qaysi bosqichlardan iborat?
Qanday mahsulot marmelad deb ataladi?
Pastila va zefirning marmeladdan farqi nimada?
Shokolad va какао kukuni ishlab chiqarish texnologik sxemasi qaysi bosqichlardan iborat?
Konfet mahsulotlari qaysi xususiyatlariga qarab tasniflanadi?
Holva ishlab chiqarishda xomashyoning qaysi turlari qo'llaniladi?
Sharq shirinliklari qaysi xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga bo'linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |