Moyni ajratib olish. Mezgadan
moyni ajratib olishda presslash
(siqish) yoki organik erituvchilar
yordamida ekstraksiyalash usullari
qoMlaniladi. Odatda, bu usullarning
ikkalasidan ham ketma-ketlikda
foydalaniladi.
Moyni ajratib olishning
presslash usuli. Mezgadan moyni
siqib olish uchun turli konstruk-
siyalardagi shnekli presslar qo‘lla-
niladi. Shnekli press (5.8-rasm)
150
yig‘ma konstruksiyali silindr va shnekli valdan tashkil topgan. Yig‘ma konstruksiyali silindr-zeyer uni hosil qiluvchi bo'ylama plastinkalar orasidan presslangan moy chiqadigan darajada ochiq (tirqish) qilib yasalgan. Shnekli val 1 alohida vintli zvenolardan, ularga yondashib turadigan pichoqlar J va zeyerli baraban 3 dan tashkil topgan. Vintli zvenolar val uzunasi bo'ylab silindrsimon yoki konussimon oraliq halqalar va diafragmalar bilan ajratilgan. Bu presslash davomida presslanayotgan mezganing zichlanish me’yorini ta’minlaydi.
Mezga yig‘ma silindrning qabul qilish qismiga ta’minlovchi moslama
orqali kelib tushadi va shnekli valning vintlari 4 orqali shnekdan chiqish yo‘nalishida harakatlanadi. Bunda shnekli pressdagi bosim 30 MPa gacha, mezganing zichlanish darajasi 2,8 dan 4,4 baravargacha, presslash vaqti (davomiyligi) esa 78-225 sekundgacha yetadi.
Presslash bosimi va chiqadigan kunjara moyliligiga qarab shnekli presslar ikkiga bo'linadi: forpresslar va ekspellerlar.
Forpresslardan chiqadigan kunjaraning moyliligi 15—17% ni tashkil etadi. Odatda, forpresslar ekstraksion zavodlarning texnologik
Do'stlaringiz bilan baham: |