160
Yuqori uchta changa o‘tkir
bug'dan tashqari suv ham yuboriladi.
Yuqoridagi chanda shrot namlanadi,
keyingilarida esa quritiladi. Bu tayyor
shrot tarkibida erituvchining iloji
boricha kam (minimal) qolishini va
shrot oqsillari denaturatsiyasining
kerakli darajada amalga oshishini
ta’minlaydi. Tosterning yuqori qismida
kengaytirgich 4 bo‘lib, erituvchi va suv
bug‘lari bilan birga uchib keladigan
shrot zarralari uning devorlariga
yopishib to‘planib qolmasligi uchun
uning ichida qirg‘ichli aralashtirgich
o‘rnatilgan.
Tosterdan chiqayotgan shrot
namligi 8,5-9%, erituvchining qoldiq
miqdori 0,1 % dan, ferroaralashmalar
esa 0,01 % dan oshmasligi kerak. Shrot
harorati 40 °C dan oshmasligi kerak.
Mitsella va shrotni qayta ishlashda
ajratib olinadigan erituvchi issiqlik
almashtirgich-kondensatorlarda bug‘-
gazli aralashmalardan kondensatsiyalash
yo‘li bilan ajratilib regeneratsiyalanadi,
so‘ngra ishlab chiqarishga qaytarib
yuboriladi.
Yem hisoblanmish shrot esa gid-
rofuz (pressdan chiqqan yoki ekstrak-
siyalangan moyga suv bilan ishlov berganda hosil boiadigan cho'kma)
yoki soapstok bilan aralashtirilib, granulalanadi. Granulalangan shrot
standart talablariga javob berishi kerak.
Shrotdan oqsil konsentratlarini (izolatlarini) ajratib olish mumkin. Shrotdan oqsillar avval NaCl ning suvli eritmasi, keyin esa NaOH yordamida ajratib olinadi. Erimaydigan cho‘kma ajratib olinadi, tarkibida 2-3 % oqsili boigan ekstrakt esa tozalanadi va HC1 yordamida cho‘ktiriladi. Cho‘ktirilgan oqsil yuviladi va 180-200 °C harorat ostidagi havo yordamida purkagichli quritish moslamalarida quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |