164
bug'lar
Moyni quritish uchun kolonnali tSuvsizlantirilgan
vakuum-quritish apparatlari qoilaniladi moy
(5 19-rasm) 5.19-rasm. Vakuum-quritish
Bu silindrik apparat bo‘lib, unda apparati.
quritish jarayoni yupqa qatlamda vakuum sharoitida amalga oshiriladi.
85-90°C gacha qizdirilgan moy uchta forsunkalar / orqali purkaladi. Apparatning ichki devorlari sirti va ishchi quritish yuzalari 2 orqali yupqa qatlam (plyonka) hosil qilib oqayotgan moy tarkibidagi namlik buglanib uchib keta boshlaydi. Apparatdagi qoldiq bosim 2,6-5,3 kPa, moyning boshlang'ich namlik miqdori 0,2%, yakuniy (oxirgi) namlik miqdori 0,05%.
Separator yoki tindirgichdan chiqqan gidratatsion cho'kmani (fosfolipid emulsiyasini) quritish uchun gorizontal silindrik rotatsion- plyonkali quritgichlardan foydalaniladi. Quritiladigan mahsulotning apparatda hosil qiladigan yupqa qatlami qalinligi 1 mm ni tashkil etadi. Apparatdagi qoldiq bosim 2,5 kPa. Apparatdan o‘tish davomida (taxminan
min) emulsiyaning namligi 50-60% dan 1 % gacha tushadi va mahsulot tegishli ravishda qadoqlanib, iste’molchilarga yuboriladi.
Kungaboqar moyining oliy va I navini gidratatsiyalash natijasida oziqabop, II navli moyni gidratatsiyalash natijasida esa yemga ishlati- ladigan fosfolipid konsentratlari olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |