Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet128/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

165




Gidratatsiyalangan moy mum va mumsimon moddalardan tozalangan bo‘lishi kerak. Bu jarayon moyni sovitib, past haroratlarda tozalash usuli bilan amalga oshiriladi.

Moylarning ishqoriy neytralizatsiyasi rafinatsiyalanayotgan moyga NaOH ning suvli eritmalari bilan ishlov berishga asoslangan. Ishqoriy neytrallash natijasida erkin yog‘ kislotalari ishqor bilan ta’sirlashib, sovunli eritmalar-soapstoklar hosil qiladi.
Soapstoklar nisbiy zichligi moydan ko‘ra yuqori boiib, moyda erimaydi, cho‘kmalar hosil qiladi va bu cho'kmalar moydan ajratib olinadi.
Ishqor miqdori yetarli bolmasa, suv ta’sirida suvda yaxshi erimaydigan nordon sovunlar hosil boiadi. Shu sababli neytrallanish reaksiyasi uchun ishqor nazariy hisoblab chiqilgan (kimyoviy reaksiya tenglamasiga asosan) miqdordan ko‘proq (ortiqcha) miqdorda ishlatilishi kerak. Ammo ishqorning ortiqcha miqdori, nordon sovunlar hosil bolishining oldini olish bilan birga, neytral moyning noma’qul boigan sovunlanishiga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun ishqoriy rafinatsiyaning samaradorligi nafaqat rafinatsiyalangan moyning sifati bilan, balki neytrallashtirishdagi chiqindilar miqdori va yo'qoti- lishlar miqdori bilan ham belgilanadi. Rafinatsiyalangan moyning chiqishi faqat ishqorning ortiqcha miqdorigagina emas, balki uning eritmasi konsentratsiyasiga, haroratga va jarayonning davom etish vaqtiga ham bogliq. Neytrallashning uzluksiz usullari qollanilganda va neytrallashtirilayotgan moyning kislota soni yuqori bolmaganda neytrallashtirilayotgan moy massasiga nisbatan chiqindilar miqdori 1,25-1,5% ni, yo‘qotilishlar esa 0,1 % ni tashkil etadi.
Neytrallashtirish tuzilishi bo‘yicha moylarni gidratatsiyalashda qollaniladigan qurilmalarga o'xshash reaktor-aralashtirgichlarda aralash­tirish yoii bilan amalga oshiriladi. So'ngra neytral moy va soapstok separatorlarda markazdan qochma harakat maydonida ajratiladi. Sanoatda qollaniladigan Al-JRN qurilmalari va xorijiy qurilmalar bir-biridan, asosan, ish unumdorligi va qollaniladigan separatorlar turlari bilan farq qiladi.
Neytrallashtirish harorati 85-90 °C, ishqor konsentratsiyasi 70 dan 150 g/l gacha, ishqorning nazariy hisoblangan miqdoridan ortiqcha miqdo­ri neytrallashtirilayotgan moyning kislota soniga qarab 5 dan 20% gacha.
Neytrallashtirishning boshqa uzluksiz usuli-bu ishqoriy sovun eritmasi muhitida neytrallashtirishdir. Bu usulning afzallik tomoni shundaki, neytrallashtirish va hosil boigan sovunni ajratish jarayonlari 166




bir paytning o‘zida olib boriladi,
bundan tashqari past konsentratsiyali
va nazariy hisoblangandan ko‘ra
ortiqcha olingan miqdori minimal
bo‘lgan ishqor qo‘llanilishi sababli
moyning chiqindi va yo'qotishlari
miqdori kam bo‘ladi.

Jarayon ishqor eritmasi bilan
toldirilgan neytralizatorda olib
boriladi (5.20-rasm).

Moy perforatsiyalangan taqsim-
lagich
1 orqali diametri 2 mm
boigan tomchilar ko‘rinishida kengaytirgich 2 dagi ishqoriy eritmaga
yuboriladi va zichligi ishqorning suvli erilmasidan kichikligi sababli
asta-sekin yuzaga qarab qalqib chiqa boshlaydi. Neytrallashtirish aynan
shu qalqib chiqayotgan moy tomchilari yuzasida amalga oshadi, chunki
triasilglitserinlarga nisbatan qutblanganlik darajasi bilan farq qiladigan
erkin yog‘ kislotalari shu tomonga qarab yo'naladi. Kengaytirgich 2
dagi ishqor eritmasi yuzasidagi moyga limon kislotasi eritmasi bilan
ishlov beriladi (sovunning parchalanishi uchun), so'ngra esa deaeratsion
quritgichga yuboriladi. Tarkibida 8-12% sovuni boigan ishqorli sovun
eritmasi uzluksiz ravishda sovun ishlab chiqarish bolimlariga (yoki sovun
zavodiga) yuborilib turiladi. Eng yaxshi natijalarga neytralizatordagi ishqor
konsentratsiyasi 12-20
g/l va harorat 70-95°C bolganida erishiladi.
Moyni mitsellada ishqoriy neytrallashtirish paxta moyini qayta ishlashda qollaniladigan usullardan biri bolib, bu usul tavsifi yuqorida berilgan edi.
Adsorbsion rafinatsiya (moyni oqlash) gidrogenlashtirilgan yoglar va margarin mahsulotlari ishlab chiqarishga moljallangan o'simlik moylari (kungaboqar moyidan tashqari) uchun ko‘zda tutilgan. Moyni oqlash-bu uni yog‘da eruvchan pigmentlar-karotinoidlar, xlofillar, paxta moyi uchun esa, shuningdek, gossipol va uning hosilalaridan tozalashdir. Moylarni oqlash uchun kislotaviy va termik ishlov berib faollashtirilgan oqlovchi bentonit loylari qollaniladi. Bentonit loylarining asosiy komponenti tarkibiga ishqoriy va ishqoriy-yer metallari kiradigan alumosilikatlardir (Al203-nSi02).
Ba’zi hollarda moylarni tiniqlashtirish uchun faollashtirilgan ko‘mir yoki uning maxsus oqlovchi loylar bilan tayyorlangan aralashmasi qollaniladi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling