Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


moyni neytrallashtirish apparati


Download 462.71 Kb.
bet129/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

moyni neytrallashtirish apparati.


167


Moy oqlashga faqatgina neytrallashtirib, yuvib, quritilgandan keyin yuboriladi.


Adsorbsion rafinatsiyalash jarayoni adsorbentning konsentrlangan moyli suspenziyasini tayyorlash, ikki bosqichda oqlash (dastlabki va yakuniy), adsorbentni moyning asosiy qismidan filtrda ajratib olish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Faollashtirilgan oqlovchi loylar moy massasiga nisbatan 0,5-2% da (paxta moylari uchun-4-5% da) qoilaniladi. Oqlash jarayonida harorat 75-80 °C, oqlash apparatlaridagi qoldiq bosim esa 4 kPa. Adsorbent suspenziyasini tayyorlash uchun oqlanadigan moyning 1/4 qismi ishla­tiladi.
Moyning asosiy qismi (umumiy miqdorning 3/4 qismi) dastlabki oqlash apparatiga kelib tushadi (5.21-rasm), bu yerda oqlash bilan bir vaqtda moyning deaeratsiyasi ham amalga oshiriladi.
Suspenziya aylanib turgan (n=274 ayl/min) disk 1 tubiga purkaladi va pastroqda joylashgan diskka purkalayotgan moy bilan ta’sirlashadi. Apparatning pastki qismida suspenziya va moy aralashmasi ikkita aralashtirgich 2 yordamida intensiv aralashtiriladi. Yakuniy oqlash maxsus apparatda amalga oshiriladi (5.22-rasm). Bunda moy va suspenziya aralashmasi purkagich 1 yordamida purkaladi, taqsimlovchi tarelka orqali yupqa qatlam hosil qilib apparatning qizigan ichki yuzasi bo‘ylab oqa boshlaydi. Bu yerdan moy va suspenziya aralashmasi filtrlashga yuboriladi. Filtrlanayotgan moyning dastlabki loyqaroq qismi patrubka 3 orqali apparatga qaytariladi.
Filtrlangandan keyin oqlovchi loy tarkibidagi moyning miqdori 15% gacha yetadi.
Moyni dezodoratsiyalash distillatsion jarayon bo‘lib, undan maqsad-moydagi hid va ta’m beruvchi moddalar-kichik molekular yog‘ kislotalari, aldegidlar, ketonlar va boshqa uchuvchan moddalar, shuningdek, noma’qul g‘ayritabiiy birikmalar—polisiklik aromatik uglevodorodlar, zaharli ximikatlar, toksik mahsulotlar-aflatoksinlar va boshqalarni yo‘qotishdir.
Dezodoratsiya margarin va konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda qollaniladigan yoglar hamda bevosita iste’molga moljallangan yog‘ va moylar uchun bajarilishi shart boigan jarayon hisoblanadi.
Dezodoratsiya past qoldiq bosim-vakuum va yuqori harorat ostida moy orqali o‘tkir suv bug‘i o‘tkazib amalga oshiriladi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling