Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet121/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

156




Mitsella yig'gichlarini ajratib turuvchi to'siqlarning pastki qismida maxsus kesimlar qilingan bo‘lib, bu mitsellalarning bir kameradan ikkinchisiga ekstraksiyalanayotgan material harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda oqib o‘tishiga imkon beradi. Mitsella ekstraksiyalanayotgan material qatlamidan o‘taverishida bu qatlam o‘ziga xos filtr rolini ham o‘ynaydi. Shu sababli ekstraktordan chiqayotgan mitsella tozaligi bilan ajralib turadi. Rotatsion ekstraktorlarning ish unumdorligi ekstraksiyalanayotgan materialga nisbatan 1000 t/sut, ekstraktordagi material hajmi esa 300 m
3 gacha yetadi.
Mitsellani qattiq (begona) aralashmalardan tozalash uchun tindir- gichlar, gidrosiklonlar va matoli filtrlar qo‘llaniladi.
Mitsellani distillatsiyalash. Mitsella juda oson qaynaydigan (qaynash harorati past) erituvchidan va deyarli uchuvchan boimagan moydan tarkib topgan. Ekstraktordan chiqayotgan mitselladagi moy konsentratsiyasi unchalik yuqori boimasa, erituvchini oddiy bugiatish usulida haydash mumkin. Mitsellaning konsentratsiyasi oshishi bilan uning qaynash harorati ham juda tez ko‘tariladi. Shu sababli haydash haroratini pasaytirish va jarayonni tezlashtirish maqsadida erituvchini vakuum ostida yoki suv bug‘i ta’sirida haydash qoilaniladi. Yog‘-moy sanoatida erituvchini haydash jarayonsi distillatsiya deb nomlanadi. Erituvchini mitselladan haydashning turli bosqichlarida turli distillatsiya usullaridan-qizdirilayotgan sirt yuzasidan pastga qarab oqayotgan yoki yuqoriga qarab harakatlanayotgan yupqa qatlamda (plyonkada) distillatsiyalash, mitsellani purkab distillatsiyalash va mitsellaning ma’lum massasi qatlamida distillatsiyalash usullaridan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish korxonalari qurilmalarida mitsella distillatsiyasi ko‘pincha ikki va uch bosqichli sxema asosida amalga oshiriladi. ND- 1250 ekstraksion liniyasining ikki bosqichli distillatsiya qurilmasi atmosfera bosimi ostida ishlaydigan yupqa qatlamda (plyonkada) dastlabki distillatsiyalash moslamasi (5.13-rasm) va vakuum ostida (qoldiq bosim 8 kPa gacha) ishlaydigan yakuniy distillatordan tashkil topgan.
Yupqa qatlamda dastlabki distillatsiyalash qurilmasi trubkalar seksiyasi I va separator 2 dan tashkil topgan. Umumiy qizdirish yuzasi 100 m2. Mitsella nasos orqali trubkalarning pastki qismidan yuboriladi. Trubkalarning tashqi oraliq bo‘shliqlariga 180-220 °C harorat ostidagi qizdirilgan bug1 yuboriladi. Trubkalar ichidan o‘tayotgan mitsella bu trubkalar balandligini taxminan 1/3 qismiga yetib kelganida qaynay boshlaydi. Qaynash davomida erituvchi bugiarning juda katta miqdori



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling