Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet227/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

285




Banka ichidagi mahsulotning tashqi ko'rinishi, rangi, konsistensiyasi, hidi, ta’mi konserva qanday iste’mol qilinishiga qarab sovuq yoki isitilgan holda aniqlanadi.
Bankalar ichidagi mahsulot mikrobiologik tekshirishdan o'tgandan keyin organoleptik va fizik-kimyoviy sifat ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Bankadagi go‘sht sersuv, o‘ta pishmagan, qattiq bo‘lmasligi, boiakchalar olinganda parchalanmasligi lozim. Ta’mi va hidi yoqimli, begona ta’m va hidsiz bo‘lishi kerak. Suyuqligi isitilgandan keyin tiniq yoki biroz xira bo‘lishi kerak. Go‘shtli-o‘simlik konservalarida yorma va makaron mahsulotlari o‘ta pishmagan yoki qattiq boimasligi lozim.
Sut konservalari texnologiyasi to‘g‘risida maiumotlar VIII bob, l-§ da keltirilgan.

  1. §. MEVA VA SABZAVOTLARNI QURITISH USULIDA KONSERVALASH TEXNOLOGIYASI

Respublikamizda yuqori navli turli xil uzum va mevalar yetishtiriladi. Ular kimyoviy tarkibi hamda vitaminga boyligi bilan shimoliy hududlarda yetishtirilgan meva va uzumlardan ancha yuqori turadi. Meva va uzumni

  1. 6 oy saqlash mumkin. Bunday saqlangan meva va uzumlarning sifati pasayadi, fizik massasi kamayadi. Shuning uchun ham meva va uzumni quritish muhim ahamiyatga ega. Quritilgan mahsulotni yuklash-tushirish, saqlash juda qulay, shu bilan birga bu mahsulotlar har xil ekspeditsiyalar va yo‘lovchilar uchun ham bebaho, sifatli mahsulotdir.

Respublikamiz iqlim sharoitining harorati yuqori, havo namligi past boiishi uzumni oftobda quritish uchun qulay hisoblanadi. Oftobda quritilgan mahsulot, sun’iy quritilganiga nisbatan sifati bo'yicha juda yuqori baholanadi.
Uzum va mevani oftobda quritish uchun ochiq joyda maxsus jihozlangan quritish maydonlarini tayyorlash zarur. Quritish maydonlarida mahsulotni qabul qilish, vaqtincha saqlash, patnislarga joylash qismlari aniq belgilangan boiishi lozim. Bulardan tashqari quritish punktida mevalarni to‘g‘rash uchun stollar, mevalarni yuvish uchun idishlar, ishqor yordamida quritiladigan boisa qaynoq suvga botirib olish uchun qozonlar o'rnatilishi lozim. Quritish maydonchasida meva va uzumni dudlash boiinmalari va tayyor mahsulotni vaqtincha saqlash uchun omborlar tayyorlanishi kerak.
Masalan, 100 tonna meva va uzumni quritish uchun quritish punktida o'rtacha quyidagilar boiishi lozim: 0,6 gektar quritish 286




maydonchasi, 5-6 ming dona sathi 60 x 90 santimetrli taxta patnislar, hajmi 100 x 100 x 110 santimetrli 10-12 ta dudlash qutisi, ishqor eritmasiga botirib olish uchun 300-400 litr suv sig‘adigan 2 ta qozon va boshqa anjomlar (5-6 ta stol, 2-3 ta lentali transportyorlar, 200-250 kg kaustik soda, 150-180 kg oltingugurt).
0‘rikni quritish. 0‘rik respublikamizda yetishtiriladigan mevalar ichida xushta’mligi, to‘yimliligi hamda vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi.
Quritishdan oldin zararkunandalar zararlagan, ezilgan, xom o'riklar ajratilib, ifloslanganlari tozalanadi. 0‘rik, asosan, 3 usulda quritiladi: turshak (danagi bilan birga quritiladi); qaysa (danagi olib quritiladi); bargak (ikkiga yorib quritiladi).
Quritish uchun o‘riklar texnik pishish davrida yig‘ishtirib olinib har qaysi nav o‘ziga xos yumshoq holda bo'lishi talab etiladi. 0‘rik qanddorligi navlariga qarab 14-20%, kislotaliligi 0,3-1,1% bo'lganda quritish uchun terishga tavsiya etiladi. Yig'ishtirilganda faqatgina terib olish lozim. Qoqib olib quritish qat’iy man etiladi, chunki bunday o'rikdan olingan turshaklarning sifati past bo'lib, standart talabi bo'yicha sotish imkoniyati bo'lmaydi. Terganda katta bo'lmagan (10-12 kg) qutilarga terilishi lozim. O'rikni oftobda quritish 10-15 kun davom etadi.
Olma va shaftolini quritish. Olma-O'zbekistonda eng ko'p tarqalgan hamda keng iste’mol qilinadigan mevadir. Olmalar, asosan, ho'l holda iste’mol qilinadi. Olmani barcha navlaridan qoqi qilinaveradi. Qand moddasi va kislotasi ko'proq xushbo'y, eti oq va och sariq olmadan sifatli qoqi tayyorlash mumkin.
Quritish, asosan, quyidagi usullarda o'tkaziladi:

Quritish uchun olmalar texnik pishish davrida yoki to'liq texnik pishishdan 2-3 kun oldin yig'ishtirib olinadi. Bu davrda navlariga qarab olma qanddorligi 8-16%, kislotaliligi 0,2-1 % bo'lishi kerak.
Quritishdan oldin sortlarga ajratilgan olmani yuvish mashinalarida yoki toza suv solingan vannalarda yuvib, turli mikroorganizmlardan, chang va iflosliklardan tozalanadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling