Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet253/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

322




Namligi,% ko'p emas

75

Ko'tarish kuchi, minut, ko'p emas

75

100 g achitqining kislotaliligi, mg sirka kislotasi hisobida, ko'p emas:
Ishlab chiqarilgan kunidan 0 dan 4°C gacha bo'lgan haroratda 12 sutka saqlangandan va tashilgandan so'ng

120
300

Chidamliligi, soat, maxsuslashtirilgan korxonaiarda achitqilar uchun kam emas

60


Achitqilarning namligi qanchalik past bo‘lsa, ularning sifati va saqlash vaqtidagi chidamliligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Presslangan achitqilar xamirni yetiltirish uchun un massasiga nisbatan 0,5-5 % miqdorlarda ishlatiladi.
Achitqi suti. Achitqi suti achitqi sanoatining yarimtayyor mahsuloti hisoblanadi. Achitqi suti tindirilganda achitqi hujayralari qatlam hosil qilib cho‘kadigan achitqining suvli suspenziyasidan iborat. 1 / achitqi suspenziyasidagi achitqilarning konsentratsiyasi 75 % namlikdagi achitqilarga hisoblaganda 450 g dan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil qiladi. Achitqi suti tovar achitqilarni separatlash va yuvish bosqichida olinadi. Achitqi suti separatlash stansiyasidan aralashtirgich va sovit- gich bilan jihozlangan yig‘gichlarga keladi. Bu yig'gichlarda achitqi suti 4-5 °C haroratda saqlanadi. Sovitilmaganligi va anabiozga uchramaganligi uchun bu mahsulotda achitqi hujayralari faolroq bo‘ladi. U novvoylik korxonalarida presslangan achitqilar o‘rnida ishlatiladi.
Novvoylik korxonalarida achitqi suti termoizolatsiyalangan sig'imlarda yoki sovitgichli kameralarda 3-10 °C haroratda 24 soatdan ortiq saqlanmasligi kerak. Standart talablariga ko‘ra novvoylik korxonalariga yuborilayotgan achitqi suti achitqiga xos bo‘lgan sarg'ish kulrang rangga va hidga ega, mog‘or va boshqa begona hidlarsiz bo'lishi kerak. Achitqi sutidan ajratib olingan achitqilar 75% dan yuqori bo'lmagan namlikka, 75 minutdan yuqori bo‘lmagan ko'tarish kuchiga ega bo'lishi, kislotaliligi 100 g achitqi uchun ishlab chiqarilgan kunida 120 mg dan, 10 °C gacha bo'lgan haroratda 72 soat saqlangandan so'ng 360 mg sirka kislotasi birligidan oshmasligi kerak.
Achitqi sutidan presslangan achitqilar o'rnida foydalanish achitqi ishlab chiqaruvchi korxonada suvsizlantirish, shakl berish va qadoqlash, novvoylik korxonalarida taradan bo'shatish va eritish jarayonlarining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Shuning bilan birga, o'rash qog'ozlari, idish tejaladi, sanitariya-gigiyena sharoitlari yaxshilanadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling